Kuch va vositalar manyovri dushmanning jangovar tartibidagi eng zaif joyiga, ayniqsa, qanotlar orqa tomoniga hamda o‘z bo‘linmalarini dushman zarbidan o‘z vaqtida chiqarish uchun o‘tkaziladi. Kuch va vositalar manyovri turlari bo‘lib qurshov, aylanib o‘tish, ularning birikmasi va chekinishi hisoblanadi.
Aylanib o‘tish — ancha ichkarilama manyovr dushmanning orqa tomonidan zarba berish maqsadida o‘tkaziladi.
Chekinish — o‘z qo‘shinlarini dushman zarbidan chiqarib olish va qulay holatini egallash uchun qo‘llaniladigan manyovr. U faqat katta komandir ruxsati bilan o‘tkaziladi.