Olovli manyovr dushmanni samaraliroq zararlash uchun qo‘llaniladi. U guruh (seksiya)ning bitta muhim nishon bo‘yicha olovini yig‘ishda, bir nishondan boshqasiga olovni o‘z vaqtida ko‘chirish va guruh bilan bir vaqtda bir necha nishonga o‘t ochishni olib borishda ifodalanadi.
Motoo‘qchi (tankchi) guruhlar (seksiyalar, tanklar) harakatini jangovar ta’minlash, jangovar shaylikni ushlab turishga yo‘naltirilgan chora- tadbirlarni amalga oshirish va tashkillashtirish hamda uning jangovar qobiliyatini saqlab qolish, qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida va muvaffaqiyatli bajarish uchun qulay sharoitlar yaratib berishda ifodalanadi. U jangning barcha turlarida: mashq o‘tash paytida va joyda joylashganda, komandir qarori asosida tashkillashtiriladi va o‘z ichiga razvedka, qo‘riqlash, niqoblash, muhandislik ta’minlash va kimyoviy himoyalanishni oladi.
Motoo‘qchi (tankchi) guruhlar (seksiyalar, tanklar) komandiri o‘q- dorilar, yoqilg‘i zaxiralarini o‘z vaqtida to‘latib olish chora-tadbirlarini, jangovar mashinalar va qurol-aslahalarga texnik xizmat ko‘rsatishni, shaxsiy tarkibni individual himoya va maxsus tozalash, oziq-ovqat va boshqa moddiy vositalar bilan ta’minlashi hamda askar va serjantlar anjomlarining to‘laligini tekshirish, ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilib borishi kerak.
Anjomlarga askar va serjantlar uchun mo‘ljallangan aslaha va boshqa buyumlar kiradi. U ko‘tarib yuriluvchi va tashiluvchi qismlarga bo‘linadi. Anjomlarning ko‘tarib yuriluvchi qismi, qoidaga ko‘ra, askarda va serjantda bo‘ladi hamda o‘ziga shaxsiy qurol, o‘q-dorilar, gazniqob (respirator), piyodalar belkuragi, po‘lat shlem, bronejilet, dala anjomlari, suvli flaga, buyumlar xaltasini o‘z ichiga oladi. Buyumlar xaltasida: qozoncha, qoshiq, krujka, quruq payok, individual aptechka, suvni zararsizlantiruvchi vositalar va shaxsiy gigiyena buyumlari joylashtiriladi. Komandirning qarori bilan olib yuriladigan anjomlarning tarkibi o‘zgartirilishi mumkin.
Qurshov — dushman qanotiga zarb berish uchun amalga oshiriluvchi manyovr. Qurshov, odatda, olovli va taktik hamkorlikda, aylanib o‘tish esa, frontdan harakatlanuvchi taktik hamkorlikda amalga oshiriladi.
Barcha qolgan buyumlar anjomlarning tashib yuriluvchi qismiga kirib, ular piyodaning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar, avto- mobillar, tanklar)da olib yuriladi. Ishlatish bo‘yicha qo‘llanmalar va boshqa hujjatlarga muvofiq joylashtiriladi. bob.ASKAR VA BO‘LINMALARNING JANGDAGI HARAKATLARI Mudofaada olovli pozitsiya haqida tushuncha. Uni tanlashning tartibi, holatini egallash, jihozlanishi. Mudofaaga mahalliy predmetlarni moslashtirish, o‘q otish sektorini tozalash va okopni niqoblash