Joyda oriyentirlanish — bu ufq tomoniga nisbatan o‘zining o‘rnashgan joyini, joylanish holatini aniqlashda, joy predmetlarini ajratib va aniq izchil ko‘rsatilgan yoki tanlangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish. Ko‘rinish holati chegaralangan, notanish bo‘lgan o‘rmon joylarda, jangovar vazifa- larni muvaffaqiyatli bajarishda, bilimdonlik va epchil harakatlar qilish, joyni aniq oriyentirlash talab qilinadi. Joyda oriyentirlashni topografik xaritalar yordamida va xaritasiz amalga oshirsa bo‘ladi. Joyni xaritasiz mo‘ljalga olishda, odatda, ufq tomonlarini aniqlay bilish kerak bo‘ladi.