82-rasm. Adrianov kompasi: a—umumiy ko‘rinishi; b—kompas qopqog‘ining mushka bilan kesishgan ko‘rinishi; d—limba (burchako‘lchagich asboblarida graduslarga bo‘lingan doira). Joyning qanday tavsifidan qat’i nazar, kunning vaqti va ufq tomon- larining ko‘rinish holati, kompas, quyosh holati, quyosh va soat bilan, qutb yulduzlari, joyning buyum belgilari va boshqa usullarni qo‘llash bilan aniqlanadi. Kompas bilan tomonni aniqlashda (82-rasm), shimol-janub bo‘ylamasida joylashgan magnit meridianidagi magnit millari asosiy
xususiyatlarni ishlash jihatiga bog‘liq bo‘lib, boshlashdan oldin mushkani nolidan limba (burchako‘lchagich asboblarida darajaga bo‘lingan doira) simlarga ajratiladi. Buning bilan birga, kompas gorizontal holatda o‘rnatiladi va millar to‘xtatiladi. Kompasni burib, magnit milining shimol tomonidagi oxiri nol bilan limba ajralgan joyiga qarama-qarshi bo‘lishiga erishish kerak. Kompasni mo‘ljal olish holati bo‘yicha mil yo‘nalishlari nol bilan limba bo‘lingan tomoni shimol yo‘nalishida turadi. Bundan keyin kompasning kesishgan joyi va mushkasi joydagi predmetga to‘g‘rilanadi, so‘ngra ko‘rsatmasidan foydalaniladi. Shimol yo‘nalishlarini bilish bilan birga, ufq tomonlarini aniqlash oson bo‘ladi.
Ufq tomonlarini aniqlash maqsadida, quyosh holatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Shimoliy yarimsharda taxminan: 7.00 da (yozda 8.00 da) — sharqda, 18.00 da (14.00 da) — janubda, 19.00 da (20.00 da) — g‘arbda bo‘ladi.
Quyosh va soat bilan ufq tomonlarini (83-rasm) aniqlash uchun, soat gorizontal holatda o‘rnatiladi, bu bilan soat mili quyosh yo‘nalishida bo‘lishi kerak, keyin soatni shu holatda ushlab turib, xayolda soat millari burchagi va raqamlari o‘rtasida bo‘linadi. Olingan to‘g‘rilik janubga harakatlanishi
yaqinlashganini ko‘rsatadi. Kunning yarmigacha aylanma yoyini o‘rtasidan bo‘lib, soat millari 13.00 (14.00)dan, kunning yarmidan keyin esa, aylanma yoyi 13.00 (14.00)dan o‘tganda bo‘linadi.
Ufq tomonlarini qutb yulduzlariga qarab aniqlash maqsadida, osmondagi yulduzlar orasida Katta ayiq (Katta yetti og‘ayni) yulduzini topish zarur. Keyin esa, ikki cho‘mich yulduzi o‘rtasidan, xayolan to‘g‘ri kesib (a va b), kengaygan qismi tomonigacha kuzatish davom ettiriladi va besh marta ajratiladi (84-rasm). Olingan nuqta qutb yulduzlari tartibini ko‘rsatadi, qaysiki, yulduzlar Kichik ayiq (Kichik yetti og‘ayni) yulduzi bilan birga chiqadi va har doim shimolga harakatlanishda bo‘ladi.