Ortiqov chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik



Yüklə 319,37 Kb.
səhifə60/104
tarix31.12.2021
ölçüsü319,37 Kb.
#112544
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   104
10-sinf chyot

Nazorat savollari

  1. Umumqo‘shin jangi asoslarini bayon eting.

  2. Askar va bo‘linmalarning jangdagi harakatlari nimalardan iborat?

  3. Qurolli Kuchlarda qanday minalar qo‘llaniladi?

  4. Himoyada motoo‘qchi guruh (sektsiya) qanday qurolday foydalanadi?

  5. Turgan holda va okopdan qo‘l granatasini otish tartibini tushuntiring.

  1. BO‘LIM. OTISH TAYYORGARLIGI

  1. bob. O‘QOTAR QUROLLARNING VAZIFASI, TUZILISHI, ISHLASH TAMOYILI VA JANGOVAR XUSUSIYATLARI. QO‘L GRANATALARI

Har bir harbiy xizmatga chaqiriluvchi o‘q otish qurollarini bilishi, ulardan qanday foydalanish mumkinligini o‘zlashtirib olishi lozim. Harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida zamonaviy qurollarning texnik tavsiflari, ularning mo‘ljalni yo‘q qilish imkoniyatlarini puxta o‘zlashtirib olishi, harbiy xizmatga chaqirilganda asqatishi turgan gap.

Tajribali ustozlar olib borgan mashg‘ulotlar asosida o‘q otish qurollarini sinab ko‘rish xavfi foydadan xoli emas. Ushbu bo‘limda hozirgi kunda amalda bo‘lgan o‘q otish qurollari haqida atroflicha ma’lumot berilgan.

Otish tayyorgarligi mashg‘ulotlarida otish qurollaridan jang davomida shaxsiy tarkibga turli nishonlarga shikast yetkazish usullari o‘rgatiladi. Bularga otish qurollarining asosiy qismlari, nishonlarga o‘t ochish, qo‘l granatalari haqida ma’lumotlar, ularning qo‘llanishidagi usullar bilan birga, razvedka turlari bilan nishonni aniqlash, ungacha bo‘lgan masofani belgilash va unga o‘t ochish usullari kiradi. Bu bo‘limda Kalashnikov avtomati, stvol ostidagi GP-25 granatomyoti, parchalanuvchi va tankka qarshi granatalarning jangovar xususiyatlari, tuzilishi, ishlash jihatlari bilan birga, harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan nishonlarga o‘t ochish qoidalari haqida ma’lumotlar berilgan.

Otish tayyorgarligi mashg‘ulotlari davrida avtomatni otishga tayyor­lash, harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan nishonlarga o‘t ochish usuli hamda qoidalarini bajarish, avtomatni moylash va tozalash, joylashu- viga ega bo‘lgan jismlar o‘rtasidagi masofani burchak o‘lchami yordamida o‘lchash, parchalanuvchi tankka qarshi qo‘l granatalari turli holatlarda masofaga aniq uloqtirishni o‘rganish bilan birga, par­chalanuvchi va tankka qarshi qo‘l granatalarini uloqtirish mashqlari bajariladi. Bulardan tashqari, otish tayyorgarligi bo‘limi mavzularida jangovar o‘qlar bilan avtomatdan boshlang‘ich mashqlarni bajarish sharoitida o‘t ochish uchun kichik kalibrli va pnevmatik miltiqlarda otish mashqlarini bajarish kiritilgan.


  1. Yüklə 319,37 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin