111-rasm. Zatvor ramasidan zatvorni ajratish. Qo‘l granatalarining vazifasi, jangovar xususiyatlari, umumiy tuzilishi va ishlash tamoyili. Granatalarni uloqtirishga tayyorlash.
Qo‘l granatalarini qo‘llashda xavfsizlik choralari
Parchalanuvchi qo‘l granatalari ko‘p yillar davomida armiyalarda qo‘llanilgan. Parchalanuvchi qo‘l granatalaridan hozirgi zamon janglarida ham ishonchli vosita sifatida foydalanib, dushman ustidan g‘alabaga erishishda ishlatiladi. O‘zbekis- ton Respublikasi Qurolli Kuchlarida hujum vaqtida ishlatiladigan RGD-5 granatasi, mudofaada ishlatiladigan F-1 granatasi qo‘llanishga kiritilgan (113-rasm).
Parchalanuvchi qo‘l granatalari dushmanning tirik kuchlarini parcha ta’sirida safdan chiqarish maqsadida qo‘llaniladi. Granata portlashi jarayonida katta parchalar to‘zib yoyilishi na- tijasida, dushmanning bir qancha kuchlari safdan chiqadi. Bunday granatalar yaqin masofadagi janglarda (hujumga o‘tilganda, okopdan turib jangga kirganda, aholi yashash punktlarida) o‘z samarasini beradi. Granatalarning jangovar xususiyatlari jadvalda berilgan.