Ortiqov chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik


Granatalarni uloqtirishga tayyorlash



Yüklə 319,37 Kb.
səhifə74/104
tarix31.12.2021
ölçüsü319,37 Kb.
#112544
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104
10-sinf chyot

Granatalarni uloqtirishga tayyorlash

Granatani uloqtirishdan oldin, trubkasidan probka burab olinadi, uning o‘rniga zapalni qo‘yib, burab oxirigacha qotiriladi. Zarbdor mexanizmning zapal qismi quyidagicha joylashadi: zarbdor mexanizm ko‘tarilib, boshlovchi dastakni yuqoridagi sanchiq qismidan ushlab harakatlanuvchi mexanizm trubkasining qo‘riqlash oldi chekiga birlashtiriladi. Qo‘riqlash oldi chekining oxiri ajratilib, zapaldan mahkam ushlanadi.

Granatani uloqtirish. Granatani uloqtirish uchun uni qo‘lga olib, bosh- lovchi dastakni granata korpusiga qadab, barmoqlar bilan qisiladi. Dastakni qo‘yib yubormagan holda halqani qo‘riqlash chekidan uzib, granatani ko‘zlangan nishonga uloqtiriladi. Halqani uzib olishda, zapal qism holatlari almashmaydi. Zarbdor yo‘naltiruvchi holatidan boshlovchi dastak qolishida zarbdor mexanizm trubkasi birlashishi bilan ajralib qoladi, lekin qo‘l barmoqlari bilan qisib olinadi. Granatani uloqtirish vaqtida boshlovchi dastak granatadan bo‘linib, zarbdor bo‘shab qoladi.

Zarbdor mexanizm jangovar prujina yordamida harakatlanib, pistonni harakatlantiradi va uni tutashtirib yuboradi. Alanga uchqunlari pistonni alangalatish yo‘li bilan alangani kuchaytiradi va undan piston portlagichga ulanadi. Piston kuchli alangalanib, granatani alangalatuvchi zaryadning portlashiga olib keladi. Granata korpusi ko‘tarilib, portlashida parchalar turli tomonlarga tarqaladi.

Granatalarni uloqtirish va joylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: uloqtirishgacha tayyorlash hamda granatani uloqtirish. O‘quv mashg‘ulotlarida jangovar granatani uloqtirish paytida po‘lat shlem kiyish tavsiya qilinadi.


Yüklə 319,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin