Muddatli harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar
Harbiy xizmatchining huquqlari va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi. Biron-bir kishi harbiy xizmatchining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan huquqlaridan cheklash huquqiga ega emas. Harbiy xizmat- chilarning o‘z huquqlaridan foydalanishi jamiyatning, davlatning huquq- lariga va qonuniy manfaatlariga, harbiy xizmatga, boshqa harbiy xizmatchilar va turli fuqarolarning huquqlariga putur yetkazmasligi lozim.
Davlat harbiy xizmatchilarning ijtimoiy va huquqiy muhofazasini kafolatlaydi, ularga yetarli va munosib turmush darajasini yaratish, xizmat va maishiy sharoitini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Harbiy xizmatchilarning huquqlarini ta’minlash va qo‘riqlash davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv organlarining, sudlarning, huquqni muhofaza qilish organlarining harbiy boshqaruv organlari va komandirlar (boshliqlar)ning zimmasiga yuklatiladi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotganlar, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va boshqa qonunlar, harbiy nizomlarda ko‘rsatilgan imtiyozlardan to‘liq foydalanadilar. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatni o‘tayotgan askar-matroslar, serjant-starshinalar, ofitserlar o‘tkaziladigan Oliy Majlisga, mahalliy saylovlar, referendumlarda ishtirok etish va boshqa huquqlardan foydalanadilar.
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilar qo‘shinlarga jo‘natish va zaxiraga bo‘shatilganda, doimiy yashash manzillariga borishda yo‘l xarajatlari, kunlik oziq-ovqat bilan davlat tomonidan ta’minlanadi.
Harbiy xizmatni o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan me’yordagi oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish hamda oylik maoshlarini olish imtiyozidan foydalanadilar.
Harbiy xizmatchi, xizmatga chaqirilgunga qadar biron-bir tashkilotda ishlayotgan bo‘lsa, o‘sha ish joyidagi ish o‘rni saqlanib, xizmat qilgan muddatlari umumiy uzluksiz ish staji hisobiga o‘tadi. Muddatli harbiy xizmatga qadar yashash joyidagi egallagan uyi, xonadoni saqlanib turiladi. Chaqirilgunga qadar o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan harbiy xizmatchilar, zaxiraga bo‘shatilganda o‘sha o‘quv yurtidagi kursi bo‘yicha o‘qishga tiklanish imtiyoziga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3 - o ktabrdagi qarori bilan muddatli harbiy xizmatchilarning bir oylik harbiy xizmatlari ikki oylik mehnat stajiga tenglashtiriladi. Bu — muddatli harbiy xizmatdagi askar va serjantning bir yarim yillik harbiy xizmati uch yillik mehnat stajiga tenglashtiriladi deganidir. Mazkur qaror bo‘yicha muddatli harbiy xizmatchining xizmat muddati tugagach, oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus bilim yurtlariga harbiy qismdan tavsifnoma berilganda, kirish sinovlarida to‘plagan umumiy test ballariga 10 % qo‘shib berilishi ko‘zda tutildi.
2012-yil 31-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida imtiyoz 27 % edi. 2017-yil 4-aprelida ushbu qarorga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘zgartirishlar kiritildi va 2867-sonli Prezident qaroriga muvofiq ushbu imtiyoz 50% deb belgilandi. Harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan beriladigan oliy o‘quv yurtiga yo‘llanmalar uch yil davomida o‘z kuchiga ega bo‘ladi. Bu, o‘z o‘rnida, harbiy xizmatni o‘tayotgan yigitlar- ga oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishdagi imkoniyatlarini yanada oshirdi.
Ushbu qaror asosida, muddatli harbiy xizmatchilarning oylik maoshlari ikki baravar, harbiy xizmatdan bo‘shatilganda beriladigan pul miqdori — eng kam oylik ish haqining sakkiz baravarigacha yoki 20 baravarigacha oshirildi. Davlatimiz muddatli harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga ham imtiyozlar berdi. Farzandlarining muddatli harbiy xizmatlari davrida oila a’zolari yer solig‘idan ozod etiladilar. Shuni alohida qayd etish lozimki, aholining 60 % dan ko‘prog‘i qishloq joylarda yashaydigan, dehqonchilikka asoslangan va shaxsiy tomorqa xo‘jaligiga ega bo‘lgan mamlakatimiz sharoitida bu harbiy xizmatchilar oilalari uchun sezilarli yengillik tug‘dirishi tabiiydir.
Barcha toifadagi harbiy xizmatchilar xizmatlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-yanvardagi 498-sonli qarori asosida, davlat tomonidan sug‘urta qilinadilar. Qarorga muvofiq, harbiy xizmatchiga xizmat bilan bog‘liq holda tan jarohati olib, 1-guruh nogironi bo‘lib qolgan taqdirda, respublikamizda o‘rnatilgan eng kam oylik ish haqining 7 yillik hisobi 75 %, 2-guruh nogironi bo‘lib qolgan taqdirda 50 %, 3-guruh nogironi bo‘lib qolgan taqdirda 30 %, og‘ir turdagi jarohat olganda 20 %, yengil jarohat olganda esa 10 % miqdorida tovon puli to‘lanadi. Xizmat vazifasini bajarayotganda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga 7 yillik hisobida tovon puli to‘lanadi.
Mahalliy hokimiyat organlari, muassasa, tashkilot va o‘quv yurtlari rahbarlari zaxiraga bo‘shatilganda, harbiy xizmatchilar ishga tushishlarini bildirib, murojaat etganlarida bir oylik muddatdan kechiktirmasdan ish o‘rinlari bilan ta’minlanishlari lozim. Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar, matroslar, serjantlar, starshinalarga harbiy qismlardan, shuning- dek, ular harbiy xizmatni o‘tayotgan manzillarga xat bepul jo‘natiladi. Bundan tashqari, harbiy xizmatni o‘tash davrida ular tibbiyot muassasalari xizmatidan, dori-darmonlardan bepul foydalanish imtiyoziga ega bo‘ladilar.
bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI - DAVLATNING HARBIY TASHKILOTI, O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAASINING ASOSI
Dostları ilə paylaş: |