Ortiqov chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik


Otish deb nimaga aytiladi?



Yüklə 319,37 Kb.
səhifə91/104
tarix31.12.2021
ölçüsü319,37 Kb.
#112544
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   104
10-sinf chyot

Otish deb nimaga aytiladi?

  • AK-74 avtomatning jangovar tavsifi.

  • Prfl-5 va 0-1 qo‘l granatalarining jangovar tavsifi va jangda ishlatish qoidalari.

    IV BO‘LIM. AMALIY HARBIY JISMONIY TAYYORGARLIK

    1. bob. HARBIY XIZMATGA CHAQIRILUVCHILAR YUQORI DARAJADAGI JISMONIY TAYYORGARLIGINING ZARURIY SHARTI

    Mustaqillik yillarida O'zbekistonda fan, madaniyat, sog'liqni saqlash va xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari kabi jismoniy madaniyat va sport ham shakllandi, u ma’lum darajada rivoj topdi. Aholining turmush sha- roiti, madaniy saviyasining oshishi, jismoniy jihatdan kamolotga erishuvida faqat qurilgan sport inshootlari, tayyorlangan mutaxassis xodimlar va o'tkazilgan turli ommaviy sport tadbirlarigina emas, balki jismoniy madaniyat va sport harakatini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslab bergan ta’lim, uning mazmuni, yo'nalishi, amaliyoti uchun keltirgan samaralarini tahlil qilish joizdir.

    Ma’lumki, hozirgi O'zbekiston hududida yashagan ajdod-avlodlarimiz turli harakatli o'yinlar, ot o'yinlari, kurash, dorbozlik, otda poyga, yuk (tosh) ko'tarish va boshqa ko'pgina faoliyatlar bilan to'ylar, bayramlar, milliy marosimlarda qatnashib kelgan. Maxsus maktab yoki o'rgatadigan uyushmalar bo'lmasa-da, ular xalq orasida qo'llanilib kelindi. Aholini, ayniqsa, yosh avlodni jismoniy tarbiyalash, ularni mehnat va mudofaaga qurbi yetadigan darajada kamolotga erishtirish o'tgan davrlardan amalga oshirilgan. Oilada bolalarni jismoniy jihatdan sog'lom qilib o'stirish, to'g'ri tarbiyalashga jiddiy e’tibor berish o'zbek xalqining qadimgi ajdodlariga borib taqaladi. «Go'ro'g'li» turkumidagi o'nlab dostonlar, «Alpomish», «Qirq qiz» kabi dostonlardagi qahramonlar buning isbotidir. Shuningdek, buyuk sarkarda Amir Temur tuzuklari va Zahiriddin Muhammad Boburning asarlari bebaho ilmiy va badiiy manbalarda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish, kurash, otda poyga va boshqa murakkab harbiy amaliy kuch sinash mashqlarini bajarish har bir inson uchun zarurligi ifodalangan.

    Amir Temur ta’rificha, «Ishbilarmon lashkarboshi o'zini va to'qqiz sipohiy favji (askari)ni bir tandek ko'rib, ularni qo'l-oyog'i, bosh, ko'kragi va boshqa a’zolarini ishlatib kurashuvchi bir pahlavondek hisoblasin». Bu, o'z navbatida, jangovarlik va chiniqish ilmini o'rgatishdan iboratdir.

    Jismoniy tayyorgarlik jangovar tayyorgarlikning asosiy predmetlaridan biri bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari shaxsiy tarkibining harbiy ta’lim berishdagi zaruriy ajralmas qismidir. Jismoniy tayyorgarlikning maqsadi — harbiy xizmatchilarning jangovarlik faoliyatlarida jismoniy tayyorgarlikni ta’minlash, shuningdek, ularning ta’lim olishi va tarbiyala- nishidagi boshqa vazifalarning yechimiga imkon beradi.

    Harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi umumiy vazifasi quyida- gilardan iborat:

    bardoshlik, kuchlilik, chaqqonlik va epchillik xislatlarini doimiy rivojlantirish va takomillashtirish, yalanglik hududlarda piyoda tartibda harakatlanishni, to‘siqlardan o‘tish, qo‘l jangi va harbiy amaliy suzish mahoratlarini egallash.

    Jismoniy tayyorgarlik faoliyatida nazariy va tashkiliy-uslubiy bilimlar shakllanadi. Jismoniy tayyorgarlik shaxsiy tarkibning g‘oyaviy-ruhiy sifatlari va harbiy bo‘linmalarning jangovarlik shuhratini takomillashtiradi. Jismoniy tayyorgarlikning asosiy turlari jismoniy mashqlar hisoblanadi. Bular tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlaridan faol foydalanish, gigiyena talablariga amal qilingan holda majburiy bajariladi.

    Jismoniy tayyorgarlik quyidagi asoslarda o‘tkaziladi: o‘quv mashg‘u- lotlarda, ertalabki badantarbiyada, o‘quv jangovar tayyorgarlikni oshirish jarayonidagi jismoniy mashg‘ulotlarda, ommaviy sport ishlarida. Jismo­niy tayyorgarlik Qurolli Kuchlarning turli qo‘shinlari va maxsus qo‘- shinlarda jangovarlikni qo‘llash fazilatlarini hisobga olib takomillashtirilgan holatda o‘tkaziladi hamda maxsus yo‘nalishlarga ega bo‘lishni ta’minlaydi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 27-may- dagi «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 271-sonli qarori hamda Oliy Kengashning 1992-yil 14-yanvar- dagi sessiyasida «Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish to‘g‘ri- sida»gi Qonuni qabul qilindi. Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivoj­lantirish maqsadida bu Qonunga Oliy Majlisning 2000-yil 26-maydagi sessiyasida qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

    O‘zbekistonlik sportchilar 1952-yildan sobiq Ittifoq jamoasi tarkibida Olimpiada o‘yinlarida qatnasha boshladi. Respublikamiz vakillari Olimpiadada muvaffaqiyatli qatnashishlariga qaramay, ularni xalqaro musobaqalarga taklif etishga kam e’tibor berilardi. Ayniqsa, o‘zbek millatiga mansub sportchilar dunyoning eng nufuzli musobaqasiga borishlari uchun Olimpiada talablarini bajarishdan tashqari, sobiq tuzum qo‘ygan sun’iy g‘ovlarni yengib o‘tishi kerak edi. Shunga qaramay, o‘zbekning mard o‘g‘lonlari Olimp cho‘qqisiga yaqinlashishdi. 1976-yilgi Monreal Olimpiadasida mashhur bokschimiz Rufat Risqiyevning, 1980-yilgi Moskva Olimpiadasida taniqli qilichbozimiz Sobir Ro‘ziyevning kumush medalni qo‘lga kiritgani fikrimizning dalilidir.

    Darhaqiqat, cho'qqiga ko'tarilish oson emas. 1992-yilgi Barselona Olimpiadasida 17 nafar sportchimizdan birontasi shaxsiy musobaqada g'olib chiqsa, uning sharafiga mustaqil O'zbekistonimiz bayrog'i ko'tarilardi. Afsuski, bunday sharafga hech bir sportchimiz erisha olmadi. 1996-yilgi Atlanta Olimpiadasiga 76 nafar sportchimiz yo'lga chiqdi. Ularning hech biriga Olimp cho'qqisiga ko'tarilish nasib etmadi. Ammo bu bizning Olimp cho'qqisi tomon qo'ygan dadil qadamimiz bo'ldi. 2000-yilda Sidneyda bo'lib o'tgan Yozgi Olimpiadada vatandoshimiz Muhammadqodir Abdullayev boks bo'yicha g'oliblik shohsupasiga ko'tarilib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Undan so'ng Afinada (2004) bo'lib o'tgan Olimpiadada kurashchilarimiz O'zbekiston bayrog'ini jahon sahnasida yuqori pog'onaga ko'tarishdi. 2016-yilda ham Rio de Janeiroda bo'lib o'tgan Jahon Olimpiadasida O'zbekiston bokschilari oltin medallarga sazovor bo'lib, yana bir bor O'zbekiston bayrog'ini yuqori pog'onaga ko'tarishdi.

    O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, respublika yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakati, O'zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi, «Nuroniy» jamg'armasi, mudofaaga ko'maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamkorlikda «Shunqorlar» harbiy sport o'yinlarini o'tkazib kelishmoqda. «Shunqorlar» musobaqasining asosiy maqsadlari yoshlarda vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish, ularni Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishga va harbiy bilim yurtlariga o'qishga kirishga tayyorlash, ularda mardlik, qat’iyatlilik, kuch- g'ayratni takomillashtirish, umuman olganda, sog'lom avlodni tarbiyalashga qaratilgan «Shunqorlar» musobaqalarida o'rta maktab, gimnaziya, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarining 19 yoshdan oshmagan, «Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik» fanini o'tagan o'quvchilar ishtirok etadi.

    Har bir jamoada 12 nafar ishtirokchi bo'lib, musobaqa tuman, viloyat va respublika bosqichlarida o'tkaziladi. Hozirda «Shunqorlar» harbiy sport o'yini o'z ramzi, madhiyasi va bayrog'iga ega. Jamoalar, asosan, umumiy siyosiy tayyorgarlik, merganlik, saf ko'rigi, harbiy varaqalar tanlovi, fuqarolar himoyasi va tezkor tibbiy yordam ko'rsatish, kross, yozgi biatlon bo'yicha bellasha- dilar. Musobaqaning yakuniy respublika bosqichi har yilning may oyida o'tkaziladi.

    Birinchi Prezidentimiz I.Karimov Sohibqiron Amir Temurning chuqur ma’no-mazmunli iborasini qo'llab: «Kimki bizning kuch-qudratimizni bilmoqchi bo'lsa, o'zbek pahlavonlarining jahon sport maydonlarida erishgan yutuq-zafarlariga e’tibor bersin, anglab olsin, deb bugun barala aytishimiz mumkin», degan edi.


    1. Yüklə 319,37 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   104




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin