Muddatli harbiy xizmatchilar xizmat davomida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha 1997-yilda ishlab chiqilgan qo‘llanma asosida qabul qilingan mashqlarni egallaydilar. Jismoniy tayyorgarlikdagi vazifalarni qo‘llashda, ularni tegishli harbiy-amaliy harakatlantiruvchi ko‘nik- malarni, jismoniy sifatlarini unumli yechishga yo‘naltirilgan.
Jismoniy sifat — harbiy xizmatchilarning organizm xususiyatlarini, amaliy faoliyatini ta’minlash.
Chidamlilik — harbiy xizmatchining harbiy kasbiy faoliyati jarayonida toliqmasligi, bardosh berishligi bilan belgilanadi. Bu esa, umumiy tezlik, kuchlilik va jadallikka bo‘linadi. Umumiy chidamlilik mahoratini oshirish- ning asosiy vositalari quyidagilar: harakat chog‘ida tezlik, suzish, to‘siqlardan o‘tish va sport o‘yinlari.
Majmuiy mashg‘ulotlar ertalabki badantarbiya mobaynida o‘tkazilib, bunda shaxsiy tarkibning jismoniy tayyorgarligi quyidagi mashqlar bo‘yicha tekshi- riladi: turnikda tortilish; 100 metrga yugurish; 1(3) kilometrga yugurish.
Ertalabki badantarbiya — harbiy xizmatchilar jismoniy tayyorgarligining muhim omillaridan biri hisoblanib, inson organizmini uyqudan so‘ng tez tetiklashtirish maqsadlariga yo‘naltirilgan.
Badantarbiya guruh yoki vzvod tarkibida, uyqudan turgach, 10 daqiqadan so‘ng 50 daqiqa davomida o‘tkaziladi. Dam olish va bayram kunlari ertalabki badantarbiya o‘tkazilmaydi.