Ortiqov chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik



Yüklə 319,37 Kb.
səhifə10/104
tarix31.12.2021
ölçüsü319,37 Kb.
#112544
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104
10-sinf chyot

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi.

Qurolli Kuchlarga rahbarlik. Harbiy okruglar

1995-yil 30-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan Harbiy doktrina hujjatida davlatimizning harbiy siyosati asosida harbiy faoliyat hamda qurilishining yo‘nalishi va tamoyillarini belgilaydi. U davlat tashkilotlari harbiy kadrlar uchun majburiy hisoblangan harbiy nazariya va amaliyotning asosiy, rasman qabul qilingan qarashlari va qoidalarini aks ettirdi, hozirgi strategik vazifalarni, harbiy qurilish tamoyil­larini va Qurolli Kuchlarni qo‘llash shartlari, Qurolli Kuchlar, xalq hamda mamlakatni mudofaaga tayyorlash masalalarini ilmiy jihatdan asoslab berdi.

O‘zbekiston Respublikasi mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatdan, Qurolli Kuchlarda amalga oshirilayotgan islohotlardan hamda mam- lakatimiz ichki va tashqi siyosatidan kelib chiqqan holda 2000-yilda davla- timizda mudofaa doktrinasi ishlab chiqildi. Mudofaa doktrinasi milliy xavfsizlik umumdavlat konsepsiyasining tarkibiy qismi bo‘lib, tashqi siyo- sat, davlatlararo munosabatlar masalalariga, urush va tinchlik muammo- lariga mutlaqo yangicha yondashuvlarga asoslanadi.

Xalqaro munosabatlardagi tarkibiy o‘zgarishlar, keskinlik, mojarolarning yangi o‘choqlari paydo bo‘lishi, ekstremizm va terrorchilikning turli ko‘ri- nishlari faollanishi bilan mudofaa qobiliyati va xavfsizlikni mustahkamlash masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan mudofaa doktrinasida suveren davlat va xalqaro munosabatlarning subyekti sifatida o‘zining tashqi va mudofaa siyosatini barcha mamlakatlarning tinch-totuv yashashi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ularning suvere- niteti va mustaqilligini himoya qilish, yalpi tinchlikka, ijtimoiy-siyosiy barqa- rorlikka va qurolsizlanishga erishish maqsadlariga qaratilishini ta’kidlab o‘tadi.

Qurolli Kuchlar urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish hamda oldini olish, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qo‘shilmalar va qismlarni, shuningdek, boshqa harbiy tuzilmalarni o‘z ichiga oladi. Qurolli Kuchlar o‘z faoliyatini qonun ustunligi, markazlashgan rahbarlik va yakkabosh- chilik, jangovar va safarbarlik borasida doimiy shaylik hamda harbiy intizomga rioya etish asosida quradi va amalga oshiradi. Harbiy obyektlar, binolar va inshootlar, qurol-yarog‘, harbiy texnikaning barcha turlari, boshqa harbiy mol-mulklar davlat mulki hisoblanadi va Qurolli Kuchlar tasarrufida bo‘ladi.

Mudofaaga va Qurolli Kuchlarga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni amalga oshiradi.

Urush davrida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri bir paytning o‘zida Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni o‘rinbosari hisoblanadi.

Qurolli Kuchlar oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish yuzasidan ularga tezkor rahbarlikni Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabining boshlig‘i amalga oshiradi.

Harbiy xavf, hozirgi zamon urushi va mintaqamizdagi geografik vaziyatlardan kelib chiqqan holda Qurolli Kuchlarning tashkiliy tuzilishi va strategik qo‘llanilishi ishlab chiqildi. Qurolli Kuchlar strategik jihatdan qo‘llashda ularning tezkorligini oshirish maqsadida respublika hududida harbiy okruglar tashkil etilishini belgilab berdi. Mamlakatimizda to‘rtta harbiy okrug tashkil etilgan. Bular: Toshkent harbiy okrugi, Sharqiy harbiy okrugi, Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugi va Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi.

Harbiy okrug operatsion yo‘nalishlarda O‘zbekiston Respublikasining xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlovchi asosiy harbiy-ma’muriy birlik hamda umumqo‘shin tezkor-strategik hududiy birlashmasidir. Harbiy okruglar zimmalariga yuklangan vazifalarni bajaradilar hamda qonun hujjatlariga muvofiq qarorlar qabul qiladilar.




  1. Yüklə 319,37 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin