Ortiqov chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik


Turli holatlarda granata uloqtirish texnikasini o‘rganish



Yüklə 319,37 Kb.
səhifə100/104
tarix31.12.2021
ölçüsü319,37 Kb.
#112544
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
10-sinf chyot

Turli holatlarda granata uloqtirish texnikasini o‘rganish.

Granatani quyidagi holatlarda uloqtirish mumkin:

  1. Joyda tik turgan holda granatani uloqtirish.

Bunda nishon tomonga yuzi bilan qarab turiladi. O‘ng qo‘lga granata ushlanadi, o‘ng oyoqni bir qadam orqaga tashlab, salgina bukiladi. O‘ng qo‘l tepaga ko‘tarilib, orqaga tashlanadi, o‘ng oyoq bilan turilib, gavdani esa oldinga tashlab, granata uloqtiriladi.

Granatani uloqtirayotganda, avtomat ko‘krakda, orqada yoki chap qo‘lda bo‘lishi mumkin.

  1. Harakat vaqtida granatani uloqtirish.

Harakat vaqtida granatani uloqtirish uchun chap oyoqni tashlash bilan siltash boshlanadi. Granatali qo‘l oldinga pastga tushiriladi. Ikki qadam bilan o‘ng oyoq sal tashqariga buriladi.

Bir vaqtda ham gavda buriladi, ham orqaga tashlanadi. Chap oyoqni yana orqaga tashlash bilan gavda burishdan to‘xtatiladi, qo‘l orqaga oxirgi chekka holatga keltiriladi. Chap oyoqni qo‘yib bo‘lingach, tezlikdan foydalanib, granata nishonga qarab uloqtiriladi.

d) Tizzalagan holda granatani uloqtirish.

Bu holatda qurol chap qo‘lga olinadi yoki brustverga qo‘yiladi. So‘ng o‘ng tizzaga o‘rnatilib, granata ushlagan qo‘l orqaga olinadi va silkilanadi. Bunda gavda orqaga engashiladi, o‘ng tomonga buriladi. Ko‘krak bilan nishonga burilib, chap oyoqqa engashiladi. Granata nishonga uloqtiriladi.

Yotgan holda granatani uloqtirish. Bu holatda qurol o‘ng tomonga qo‘yiladi. Granata o‘ng qo‘lga olinib, qo‘llar ko‘krakka tortiladi. Qo‘llar bilan turtilib, o‘ng oyoq orqaga tortiladi. Chap tizzada turilib, bir vaqtda granatali qo‘l orqaga, o‘ng oyoq bilan turtilib, ko‘krak bilan nishonga beriladi va oldinga yiqilib, granata uloqtiriladi.

Bu holatda granatani uloqtirish uchun o‘ng oyoq iloji boricha orqaga qo‘yiladi, granatali qo‘l tepa bilan orqaga tashlanadi. So‘ng chap qo‘l bilan okop (o‘ra) chekkasidan ushlab kuch bilan to‘g‘rilanadi, qo‘l tepadan oldinga siltanib granata nishonga uloqtiriladi.

  1. Qo‘l bilan beriladigan zarbalar. Dushman siquvidan ozod bo‘lish. Bo‘yinni orqa tomondan tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish. Qo‘lni orqaga qayirish


Yüklə 319,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin