Oldinga va yonga qadam tashlab, raqibni qattiq siltaysiz, uning yukini oldinda turgan oyog‘iga olib o‘tasiz va suyanib turgan oyog‘iga oyog‘ingizni tirab, yiqitasiz.
Nazorat savollari Yosh avlodni jismoniy tarbiyalash, ularni mehnat va mudofaaga qurbi yetadi- gan qilib rivojlantirish uchun yurtimizda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Majmuiy mashg‘ulotlarda shaxsiy tarkibning jismoniy tayyorgarligi qaysi mashqlar orqali tekshiriladi?
To‘siqlar qaysi turlarga bo‘linadi? Erkin mashqlarni bajarish usullari.
Armiya — fransuzcha, lotincha «armee» so‘zidan olinib, qurollantirish ma’nosini bildiradi. Biron-bir mamlakatning Qurolli Kuchlari majmuasiga armiya deyiladi. Tor ma’noda quruqlikdagi qo‘shinlarni ham armiya deyishadi. Armiyaning yana bir necha sifat va talqinlari bor. Masalan, harakatdagi armiya, bu — bevosita jang maydonlarida qatnashayotgan qo‘shinga nisbatan aytiladi. Yana bir ma’nosi —bir yoki bir necha qo‘shin turlari birikmasidan (umumqo‘shin, havo va h.k.) tashkil topgan, yirik harbiy operatsiyalarni amalga oshirishga mo‘ljaUangan tezkor qo‘shinlar birlashmasi ham armiya deyiladi.
Harbiy doktrina — mudofaa doktrinasi. Harbiy qurilishning yo‘nalishini, mamlakat va Qurolli Kuchlarning urushga tayyorgarligi, urush olib borish yo‘llari- ni belgilovchi rasmiy qarashlar va qoidalar tizimidir.
Qurolli Kuchlar — davlatning yoki bir guruh davlatlarning harbiy tashkiloti va u siyosiy hokimiyatning muhim omili. Qurolli Kuchlarning maqsad va vazifalari davlat siyosatining Mudofaa vazirligi — respublika Qurolli Kuchlarining davlat bosh- qaruvi idorasi hisoblanadi.
Milliy xavfsizlik — inson, jamiyat va davlat, ya’ni ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalarida xavfsizlikni ta’minlash tushuniladi.
Plats — harbiy saf mashqlari, ko‘riklar va paradlar o‘tkaziladigan maydon.
Kazarma — italyancha «caserma» so‘zidan olingan bo‘lib, harbiy qism shaxsiy tarkibi joylashtiriladigan bino ma’nosini anglatadi.