Ortiqov chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik



Yüklə 319,37 Kb.
səhifə12/104
tarix31.12.2021
ölçüsü319,37 Kb.
#112544
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104
10-sinf chyot

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari — O‘zbekiston Respublikasiga havodan turib qilingan har qanday hujumni bartaraf etish borasida zudlik bilan harakat qilishga doimiy shay turuvchi va mamlakatimiz havo sarhadlarining radiolokatsion razvedkasini ta’minlovchi qo‘shin turi.

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari respublikaning ma’muriy-siyosiy, sanoat-iqtisodiy markazlari va hududlarini, qo‘shinlar guruhlari, harbiy va boshqa muhim obyektlarni dushmanning havo hujumidan himoya qilishga mo‘ljallangan.

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari ularga yuklatilgan barcha vazifalar majmuyini hal qilishga qodir bo‘lgan yuqori malakali shaxsiy tarkibga, yuksak samaradorligi bilan ajralib turadigan kichik, o‘rta, katta olisliklarga mo‘ljallangan zamonaviy zenit raketali komplekslarga va har xil ko‘zdan yashiradigan yoki shovqinlarni bartaraf etadigan to‘siqlar qo‘llangan holda ham havodagi nishonlarni, avtomatik boshqaruv va nishonlarni yakson etuvchi vositalarni barcha baland diapazonlarida aniqlashga qodir bo‘lgan radiolokatsion stansiyalariga egadir.

Harbiy havo kuchlari — havodan turib dushmanning aviatsiya, quruqlik­dagi qo‘shinlari guruhlariga, davlat va harbiy boshqaruv tizimi obyektlariga frontorti va harbiy-iqtisodiy salohiyatiga, transport kommunikatsiyalariga talafot yetkazish, havo razvedkasini amalga oshirish, shuningdek, quruqlik qo‘shinlarini aviatsiya yordamida qo‘llab-quvvatlash, havo desantchilarini tashlash, qo‘shin va moddiy vositalarni havo orqali tashish va boshqa vazi- falarni bajarishga mo‘ljallangan.

Harbiy havo kuchlari samarali qurol-aslahalar, navigatsiya vositalari, radioelektron qurilmalar bilan ta’minlangan zamonaviy samolyotlar, vertolyotlar, uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlariga ega bo‘lib, ular ob-havoning har qanday sharoitlarida, kunduzi yoki tunda bo‘lsin, har qanday balandlikda jangovar vazifalarni bajarishga qodirdirlar.

Muhandislik-quruvchilik qo‘shinlari

Muhandislik-quruvchilik qo‘shinlari — tinchlik davrida Qurolli Kuchlar infratizimi taraqqiyotini ta’minlash va davlatning strategik iqtisodiy dasturini bajarishga, urush paytida mudofaa binolarini, kommunikatsiya qurilishlari va qutqaruv-avariya ishlarini bajarishga mo‘ljallangan.

Harbiy shaharchalar va askar kazarmalari, ofitserlar tarkibi muddatidan tashqari shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun turar joylar, askar klublari, oshxona va choyxonalar, harbiy xizmat­chilarning bolalari uchun maktab, bog‘cha binolari, gospital va tibbiy punktlar, jangovar texnika va qurol-yarog‘lar uchun park, ombor va garajlar qurish — bularning barchasi qurilish qismlari va bo‘linmalari vazifalari.

Chegara qo‘shinlari

Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo ‘shinlari — chegaraga doir siyosatni amalga oshiradi, Davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlashni tashkil etadi.

Milliy xavfsizlik xizmati:



  • chegara qo‘shinlari faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi;

  • joylardagi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, nodavlat, notijorat tashkilotlarning Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi;

  • chegara qo‘shinlari bugungi kunda qo‘shinning mustaqil turi bo‘lib, Davlat chegaralari himoyasining birinchi eshelonini tashkil etadi.

Davlat chegarasi chizig‘ining joylarda g‘ayriqonuniy tarzda o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, Davlat chegarasida harbiy va boshqa fitnalarning oldini olish, Davlat chegarasining noqonuniy ravishda kesib o‘tilishiga yo‘l qo‘ymaslik, Davlat chegarasini buzuvchilarni aniqlash va ushlash, Davlat chegarasi rejimiga chegara oldi rejimiga va Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimga rioya qilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarning Davlat chegarasi orqali belgilangan tartibda o‘tkazilishini amalga oshirish, Davlat chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni, shuningdek, transport vositalarini aniqlash va belgilangan tartibda ushlab qolish. Davlat chegarasi rejimini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish, chegara oldi qidiruvlari va operatsiyalarini o‘tkazish chegara qo‘shinlarining majburiyatlariga kiradi.

Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari




Yüklə 319,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin