Ortiqov chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik



Yüklə 319,37 Kb.
səhifə24/104
tarix31.12.2021
ölçüsü319,37 Kb.
#112544
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   104
10-sinf chyot

O ‘quv-mashq joylari:

^—qorovulni nazariy o‘qitish sinfi; 5—qurolni o‘qlash va o‘qsizlashni mashq qilish; X>—postni qabul qilish va topshirish; £—yong‘in chiqqanda soqchi harakati; i—turli shart- sharoit paytida soqchining postdagi harakati; G—qo‘l jangi usullari mashqi; _ff—Jangovar Bayroq postida soqchining harakati; 7—soqchini harbiy yuk (harbiy qism, shunday ishga ajratiladigan qorovul uchun) ortilgan transportni qo‘riqlashga tayyorlash.

Jihozlar:

i—yoritish plafoni; 2—plakatlar (o‘zlashtiriladigan o‘quv-mashq mavzulari) uchun lavha; J—o‘t o‘chirgichlar; 4—aloqa vositalari; 5—taqiqlangan chegara (begona kishilarga yaqin kelishi taqiqlangan masofa); 6—qo‘riqlashning texnik vositalari, nazorat-o‘tish yo‘lagi va soqchining hamda transport vositalarining yurishi uchun so‘qmoq (yo‘l) bilan jihozlangan postlar perimetri belgilari; 7—post boshpanasi; ^—boshqarish pulti; 9—qo‘l jangi usullarini mashq qiladigan joy; iO—qorovul saflanadigan maydoncha; ii—plakat (postdagi soqchining qo‘lidagi qurol holati); i2—soqchi uchun o‘ralgan to‘siq; iJ—plakat (qorovulda turadiganlar majburiyatlari va harbiy yuk ortilgan transportni qo‘riqlash chog‘idagi xavfsizlik talablari); i4—qorovul shaxsiy tarkibi bilan mashg‘ulot o‘tkazish rejasi; i5—pul solinadigan quti; i6—o‘qdonlarga (o‘q joylaydigan ramkalarga) o‘q solinadigan joy; i7—poyabzal tozalaydigan joy.

Vzvoddan (batareyadan) tayinlangan qorovul shaxsiy tarkibini tayyorlash shaxsan vzvod (batareya) komandiri tomonidan amalga oshiriladi.

Qorovullik xizmatini o‘tashga tayyorgarlik uch bosqichda olib boriladi:

  • birinchi, naryadga kirishdan ikki-uch kun oldin postlar raqami bo‘yicha qorovul shaxsiy tarkibi tayinlanadi va bo‘linadi;

  • ikkinchi, naryadga kirishdan bir kun oldin kun tartibida ko‘rsatilgan soatlarda qorovul shaxsiy tarkibi bilan harbiy nizom qoidalarini, qo‘riq- lanadigan obyektlar maketiga post raqamini qo‘ygan holda postdagi soqchining asosiy majburiyatlari va harakat turlarini o‘rganish, xavfsizlik talablarini bajarish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;

  • uchinchi, qorovullikka kiradigan kun postdagi soqchining vazifasi haqida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Nizom qoidalari va soqchining asosiy vazifalarini o‘rganish mashg‘u- lotlari qorovullar tayyorlash sinfida, garnizon qorovullari bilan amaliy mashg‘ulot — harbiy komendatura qorovullik shaharchasida, ichki qorovul­lar bilan mashg‘ulot esa — harbiy qism qorovullik shaharchasida o‘tka- ziladi (7-rasm).

Soqchi va uning majburiyatlari

Soqchi daxlsiz shaxsdir. Uning daxlsizligi quyidagilardan iborat:

  • uning huquqlari va insoniy qadr-qimmati qonun bilan himoya qilinishida;

  • uning qat’iy ma’lum shaxslarga — qorovul boshlig‘iga, uning yordamchisiga va o‘zining tarqatuvchisiga bo‘ysunishida;

  • xizmati bo‘yicha barcha shaxslar uning talablarini so‘zsiz bajarishlarida;

  • Nizomda ko‘rsatilgan hollarda qurol ishlatish huquqi berilishida.

Faqat qorovul boshlig‘i, qorovul boshlig‘i yordamchisi va soqchi bo‘ysu-

nadigan tarqatuvchi soqchini postdan almashtirish va olish huquqiga ega. Qorovul boshlig‘i, uning yordamchisi va tarqatuvchi vafot etsa yoki jismoniy jihatdan o‘z vazifasini bajara olmay qolsa, qorovullarni postdan olish va almashtirishni garnizon (harbiy qism) bo‘yicha navbatchi o‘z vzvodi (batareya) yoki batalyoni (divizioni) komandiri ishtirokida amalga oshiriladi.

Qorovul postni qabul qilib olishdan oldin tarqatuvchi (qorovul bosh- lig‘i yoki uning yordamchisi) va navbatchi topshirayotgan soqchi bilan shaxsiy tabel raqami bo‘yicha qo‘riqlashga qabul qilinayotgan barcha narsaning mavjudligini tekshirishi; bandilarni qo‘riqlashi uchun — postda turayotgan paytda esa qulflar, panjaralarning holatini va kameralarda saqlanayotgan bandilarning sonini tekshirishi kerak.

Soqchi quyidagilarga majburdir:

  • o‘z postini sergaklik bilan qo‘riqlashga va tik turgancha himoya qilishga;

  • sergak himoya qilishga, hech narsaga chalg‘imaslikka, qurolini qo‘ldan qo‘ymaslikka va hech kimga, hatto o‘zi bo‘ysunadigan shaxslarga ham bermaslikka;

  • ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha harakat qilib yoki kuzatuv minorasida turib, postga keladigan yo‘llarni, to‘siqlarni diqqat bilan kuzatishga va post raqamida ko‘rsatilgan vaqtlarda xizmatning borishi haqida aloqa vositalari orqali xabar qilib turishga;



  1. Yüklə 319,37 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin