Ortiqov chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik



Yüklə 319,37 Kb.
səhifə37/104
tarix31.12.2021
ölçüsü319,37 Kb.
#112544
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   104
10-sinf chyot

O‘q uzish — jangda dushmanni yo‘q qilishning asosiy vositasi. O‘t ochish turlari. Jang manyovri haqida tushuncha. Manyovr turlari. Guruhlarning jangovar harakatlarini ta’minlash

O‘q uzish — jangda dushmanni yo‘q qilishning asosiy vositasi, uni mohirlik bilan olib borish va nishonni birinchi o‘q bilan zararlash uchun jangchi:

  • o‘z qurolini to‘liq bilishi, uni saqlashni, otish uchun astoydil tayyorlashni;

  • otish uchun joyni ustalik bilan tanlashni, chegaralangan vaqtda, kunduzi va kechasi, har xil holatlardan otishni to‘g‘ri bajarishni;

  • nishongacha bo‘lgan masofani mo‘ljal qo‘yiluvchisi va mo‘ljalga olish nuqtasini to‘g‘ri aniqlashni hamda yondan esgan shamolga va nishon harakatiga to‘g‘rilik kirita olishni;

  • komandir komandasini diqqat bilan eshitish va aniq, tez bajarishni;

  • mustaqil o‘q uzishda ongli tashabbus ko‘rsatishni bilishi kerak.

Avtomatchilar o‘q otish uchun guruh komandiri ko‘rsatgan joylarni

egallashadi, mustaqil harakatlanganda uni o‘zlari tanlashadi. Tanlashda vaziyat, joy xarakteri va qo‘yilgan vazifa hisobga olinadi.

Otish uchun joy qulay, keng, ko‘rish maydoni va otishni hamda o‘qchining dushman kuzatuvidan panalab turishini ta’minlashi kerak. BMP (BTR) pulemyot va granatomyotlar uchun o‘t ochish pozitsiyasi guruh komandiri tomonidan tanlanadi va ko‘rsatiladi.

O‘t ochish pozitsiyasining joylashuvi qo‘yilgan vazifalarning oliy darajada bajarilishi, olovli manyovr imkoniyatini tug‘diradigan yaxshi ko‘rinish va otishga egaligi, tabiiy niqoblanishi, qulay kirib-chiqish va yangi yoki zaxiradagi o‘t ochish pozitsiyasiga ko‘rinmasdan borish yo‘llari bo‘lishi talablariga javob berishi kerak.

RPGdan otish uchun, bulardan tashqari, otish xavfsizligini ta’minlash kerak, ya’ni orqada gazlarning erkin chiqishi uchun to‘siqlar bo‘lmasligi (2 m.dan yaqin emas) hamda xavfsiz zona (30 m) chuqurligi orasida odamlar, o‘q-dorilarni joylashtirmaslik lozim. O‘t ochish pozitsiyasi (otish uchun joy)ni shunday tanlash kerakki, bunda dushman bajarayotgan ishlar yaqqol ko‘rinib tursin, o‘zi esa ko‘rinmasin.

  • O‘t ochish turlari • Jang manyovri haqida tushuncha

  • Manyovr turlari • Guruhlarning jangovar harakatlarini ta’minlash

Motoo‘qchi (tankchi) guruhning (seksiyaning, tankning) olovi jangovar vazifani bajarishda, dushmanni yo‘q qilishning asosiy vositasi hisoblanadi. Dushmanni o‘t ochib, ishonchli zararlash: nishonni o‘z vaqtida razvedka qilish, o‘t ochish vositalarini ularning jangovar imkoniyatlariga qarab mohirona qo‘llash; o‘t ochishning aniqligi, uni qo‘llashning qo‘qqisdan va o‘ta zichlikda hamda yuqori tezlikda qo‘llanishi; jangda o‘t ochishni mohirona boshqarish orqali erishiladi.

O‘t ochish:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin