Mudofaaning oldingi marrasidagi transheyaga tanklar tushsa, ular tanklar ustiga otiladigan granata bilan zararlantiriladi.
Tanklar va boshqa harakatlanayotgan zirhli obyektlarga qarshi kurash minalar yordamida olib borilishi mumkin. Joylarda, tankka qarshi minalarni, mina g‘ovlari o‘rnatadigan mashina yordamida, askarlar esa qo‘lda o‘rnatadilar.
Dushmanning zirhlangan mashinalari kuzatish asboblariga pulemyotchi va mergan ham o‘t ochib kurashishi mumkin.
Alohida hollarda guruh komandirining buyrug‘i bo‘yicha tanklar bilan kurashish uchun askar tayinlanadi. U joy relyefidan foydalanib, guruh olovi yoki to‘pchilar ostida qo‘l granatasi bilan tanklarga yaqinlashgan holda ularni yo‘q qiladi.