1-modda. O‘zbekiston — suveren demokratik respublika. Davlatning «O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston» degan nomlari bir ma’no- ni anglatadi.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy- hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.
O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.
modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada qurolli kuchlariga ega.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida it- tifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalariga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.
52-modda. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgi- langan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.
93-modda. 18. O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig‘iga kiritadi.
Favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqaro- larning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning Oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi.
O‘zbekiston Respublikasining «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonuni, Mudofaa tushunchasi
O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini, uning hududiy yaxlitligini, chegara daxlsizligini saqlash Qurolli Kuchlarning asosiy vazifasi bo‘lib, mustaqil- likning ilk kunlarida bu eng dolzarb masalalardan bo‘lgani sababli Oliy Majlis tarafidan qabul qilingan. «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonun birinchi Prezidentimiz I. Karimov tomonidan 1992-yil 3-iyulda imzolandi va mintaqadagi o‘zga- rishlar, tashqi va ichki siyosatni inobatga olgan holda ushbu qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlandi.
«Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunning asosiy vazifalari mudofaani tashkil etishning hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini boshqarishning huquqiy asoslarini belgilaydi, mamlakat mudofaasini ta’minlashda davlat organlarining vakolatlarini, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar ishtirokini aniqlab beradi.
Mudofaa deganda O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishni ta’minlashning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa tadbirlari majmuyi tushuniladi.
Mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: boshqa davlatga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tajovuzning oldini olish va uni daf etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tegishli shartnomalar bilan bog‘langan davlatlarga yordam ko‘rsatish hollari bundan mustasno; xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda kollektiv xavfsizlik tizimlarida ishtirok etish; harbiy-siyosiy bloklarda qatnashmaslik; harbiy qurilishning zamonaviy urushlar va Qurolli Kuchlarning, iqtisodiyotning, aholining, hududning tajovuzni daf etishga doim shay turishi; qurolli mojarolarning xususiyatiga monand bo‘lishi; yadroviy va boshqa turdagi yalpi qirg‘in qurollarini ishlab chiqarishni, qayta ishlashni, olishni, saqlashni, tarqatishni va joylashtirishni rad etish; mudofaaning yetarli darajada bo‘lishi; harbiy xizmat sharafli ekanligini ta’minlash.
Mudofaani tashkil etish quyidagilarni qamrab oladi: tajovuzning oldini olish va qaytarishga, O‘zbekiston Respublikasiga tajovuzlardan uyushgan holda qurolli himoyalanishga qaratilgan zarur sharoitlar yaratish; mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, davlat harbiy tuzilishini zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish; mudofaa vazifalarini hal etish uchun kerakli barcha kuchlar va vositalarning muvofiqlashtirib borilishini va hamkorlikda harakat qilishini ta’minlash; harbiy-siyosiy vaziyat, milliy xavfsizlikka bo‘lgan aniq va potensial tahdidlar monitoringini yuritish; O‘zbekiston Respublikasi urushga va qurolli mojarolarga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa chora- tadbirlar ko‘rish; Qurolli Kuchlarning qurilishi, tayyorgarligi, doim shay holda saqlab turilishi, ularning soni, tuzilishi va tarkibining maqbullashtirilishi; Qurolli Kuchlarni tegishli ravishda zamonaviy qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat, boshqa moddiy-texnik vositalar, energetika va boshqa resurslar bilan ta’minlash, ularning zaxiralarini vujudga keltirish; Qurolli Kuchlar qo‘llanilishini rejalashtirish; mudofaa vazifalarini hal etish uchun tashqi siyosiy yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni ko‘rish; aholini va hududni mudofaaga tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining qo‘riqlanishi va himoya- lanishini ta’minlash; aholini, iqtisodiyot va hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan obyektlarni yalpi qirg‘in qurollaridan muhofaza qilishga doir tadbirlarni o‘tkazish; Qurolli Kuchlarning, mamlakat iqtisodiyotining, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek, aholining safarbarlik tayyor- garligi; davlat va safarbarlik zaxiralari uchun moddiy boyliklar zaxiralarini vujudga keltirish; mudofaaning ilmiy, ilmiy-texnikaviy, ma’rifiy, harbiy- sanoat, iqtisodiy, axborot va qonunchilik bazasini takomillashtirish; aholini ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibini davlatni himoya qilishga axloqiy-ruhiy jihatdan tayyorlash; mamlakat mudofaasini tashkil etishga doir boshqa tadbirlar.
Dostları ilə paylaş: |