Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish.
Fuqarolarning harbiy ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha majburiyatlari.
Harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish.
Harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod etish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori chaqiruv boshlanishiga kamida bir oy qolganida, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Prezidentning qarori e’lon qilinganidan keyin chaqiriluvchilar, jumladan, vaqtincha ro‘yxatda turgan chaqiriluvchilar chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan muddatda chaqiruv punktida hozir bo‘lishi shart. Muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tamagan va harbiy ro‘yxatda turmagan chaqirilish yoshidagi fuqarolar, shuningdek, doimiy turar joyidan vaqtinchalik boshqa joyga jo‘nab ketgan va o‘sha yerda harbiy ro‘yxatda turmagan chaqiriluvchilar mudofaa ishlari organlarida hozir bo‘lishi shart.
O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va yoshi o‘n sakkizdan oshgan chaqi- riluvchilarning harbiy ro‘yxatdan turish joyini o‘zgartirishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi chaqiruv to‘g‘risidagi qarori e’lon qilingunga qadar yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilingandan keyin chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatda turish joyini faqat quyidagi hollarda o‘zgar- tirishi mumkin:
boshqa ishga o‘tkaziladigan bo‘lsa;
yangi turar joyiga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa;
ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan va ta’lim olishni davom ettirish uchun ketayotgan bo‘lsa.
Ushbu ko‘rsatilgan asoslarning mavjudligi mudofaa ishlari organiga taqdim etiladigan hujjatlarda tasdiqlanishi lozim.
Fuqarolar mudofaa ishlari organlari tomonidan belgilangan muddatlarda chaqiruv uchastkalarida hozir bo‘lmaganda, quyidagilar uzrli sabab hisoblanadi:
fuqaroning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon bermagan kasalligi;
yaqin qarindoshining (otasi, onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, xotini, bolasi) vafot etganligi yoki og‘ir kasalligi;
fuqaroga bog‘liq bo‘lmagan holda uning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon bermagan tabiiy ofat yoki boshqa holatlar.
Hozir bo‘lmaganlik sabablari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.
Tinchlik davrida quyidagi fuqarolar muddatli harbiy xizmatga chaqiril- maydi:
chaqiriluvchining ota-onasi mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib, ularni boqish shart bo‘lgan mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa;
chaqiriluvchining mehnatga qobiliyatli yolg‘iz onasi yoki otasi bo‘lib, ularning qaramog‘ida o‘n olti yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lgani holda mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa;
chaqiruv kunida chaqiriluvchining tug‘ishgan aka-ukalaridan biri muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa;
chaqiriluvchining onasiz tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan bir farzandi bo‘lsa;
chaqiriluvchining birinchi yoki ikkinchi guruh nogiron xotini va voyaga yetmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lsa;
ishi yuzasidan surishtiruv yoki dastlabki tergov olib borilayotgan yoki jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan shaxslar.
Chaqiriluvchini uning ota-onasi vafot etganligi, ular uzoq muddat betobligi munosabati bilan yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra, kamida besh yildan buyon o‘z qaramog‘ida saqlayotgan shaxslar uning ota-onasiga tenglashtiriladi.
Umumta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi o‘qishda tahsil olayot- gan talabalar o‘qishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunlariga qadar kechiktiriladi. Ta’lim muassasalaridan o‘qishdan chiqarilgan shaxslar chaqirilish muddatini kechiktirish huquqidan mahrum bo‘ladilar.
Chaqirilish muddatini kechiktirish asoslarini yo‘qotgan chaqiriluv- chilar, shuningdek, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘ri- sida»gi Qonunga muvofiq, chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga yoxud chaqirilishdan ozod etish uchun asoslarga ega bo‘lmagan va turli sabablarga ko‘ra, muddatli harbiy xizmatga yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chiqarilmagan shaxslar chaqirilish kuni yigirma yetti yoshga to‘lgunga qadar, Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi chaqiruv paytida chaqiriladilar.
Tinchlik davrida muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan quyidagilar ozod etiladi:
salomatligiga ko‘ra, harbiy xizmatga yaroqsiz, deb topilgan chaqi- riluvchilar;
yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar;
ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlardan birida rutba egasi bo‘lgan chaqiriluvchilar.
Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar o‘z roziliklari bilan harbiy xizmatga cha- qirilishlari mumkin. Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek, sudlan- ganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasida harbiy xizmat talablariga javob beruvchi quyidagi fuqarolar ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha):
o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan, harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha tegishli kasbiy tayyorgarlik ko‘rmagan harbiy xizmatga majburlar va ayollar — oddiy askarlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;
muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi qirq yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan va harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;
o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majbur ayollar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;
o‘n yetti yoshdan yigirma bir yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan, o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar, shuningdek, harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan, o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar — harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari tariqasida harbiy xizmatga;
qirq yoshgacha bo‘lgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar — ofitserlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga kiradilar.
Fuqarolar harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik, Davlat qo‘mitasi va idora bilan harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida kontrakt tuzadilar.
bob. HARBIY XIZMATNI O‘TASH. REZERVDAGI XIZMAT
Dostları ilə paylaş: |