Ortiqov chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik



Yüklə 319,37 Kb.
səhifə71/104
tarix31.12.2021
ölçüsü319,37 Kb.
#112544
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   104
10-sinf chyot

O‘qdon (magazin) — o‘qlarning joylashishini va stvol qutisiga yetkazib berishni ta’minlaydi (102-rasm).

Nayza-pichoq — hujumga o‘tish oldidan avtomatga qadaladi, qo‘l jangida dushmanni safdan chiqarish uchun qo‘llaniladi. U bel kamariga qadab yuriladi. Ayrim hollarda u bilan simlar ham kesiladi (103-rasm).

5

  1. Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi

Avtomat toza taxta yoki taglik ustida yoyiladi. Qism va mexanizmlar taxta ustiga ajratilgan holatda tartib bilan terib chiqiladi. Ular ehtiyotlik bilan ajratiladi, biri ikkinchisining ustiga qo‘yilmaydi. Shuningdek, ajratish mobaynida ortiqcha kuch va keskin zarbalar qo‘llanilmaydi.

Avtomatni yig‘ish mobaynida uning qismlaridagi raqamlar taqqoslab ko‘riladi. Har bir avtomatning gaz trubkasi, zatvor ramasi, zatvor, stvol qutisi qopqog‘i va boshqa qismlardagi raqamlar stvol qutisida mavjud raqamlarga mos kelishi darkor.

  1. Magazinni ajratish.

Chap qo‘l bilan avtomat qo‘ndog‘ining bo‘ynidan yoki stvol osti dastasidan tutib, o‘ng qo‘l bilan magazinni ushlash va bosh barmoq yordamida tortqini bosib turib, magazinning ostki qismini oldinga turtib, uni ajratib olinadi (105-rasm).

Shundan so‘ng, patrondonda patron yo‘q ekanligini tekshirib ko‘rish lozim. Buning uchun o‘tkazgichni pastga «AB» yoki «OD» holatiga keltirish, zatvor ramasining dastasini ortga tortish, patron qutisini ko‘rikdan o‘tkazish, zatvor ramasining dastasini qo‘yib yuborish va tepkini bosib, uni jangovar holatdan xalos etish darkor.

  1. Anjomlar penalini qo‘ndoq uyasidan chiqarish (106-rasm).

  2. Shompolni ajratish.

Nil asosidagi tayanch ostidan shompol boshchasini tortib turib, shompol sug‘urib olinadi. Shompolning ajralishi qiyin kechganda, anjomlar penali ichidagi chiqargichdan foydalanishga ruxsat beriladi, ya’ni chiqargich shompol boshchasidagi mavjud teshikchaga suqilib, shompol uchi stvoldan ajratilib, sug‘urib olinadi (107-rasm).

  1. Stvol qutisi qopqog‘ini ajratish.

  2. Qaytaruvchi mexanizmni ajratish.

Chap qo‘l bilan avtomat qo‘ndog‘ining bo‘ynidan tutgan holda o‘ng qo‘l bilan qaytaruvchi mexanizmning yo‘naltiruvchi ustunini, uning tovoni stvol qutisidagi kesmalardan chiqquniga qadar oldinga turtish, yo‘naltiruvchi ustunning ortki uchini biroz ko‘tarib, qaytaruvchi mexanizmni zatvor ramasining kanali ichidan sug‘urib olish.

  1. Zatvor ramasini zatvor bilan birga- likda ajratib olish.

  2. Zatvorni zatvor ramasidan ajratish. Zatvor ramasini chap qo‘lga, zatvorni

yuqoriga qaratib olish, o‘ng qo‘l bilan zatvorni ortga tortib, uning yetakchi bo‘rtmasini zatvor ramasining egri kesmalaridan chiqarish va zatvorni oldinga turtib, ajratish.

  1. Stvol qoplamasi bilan birgalikdagi gaz trubkasini ajratish (110-rasm).

Noto‘liq qismlarga ajragan avtomatni yig‘ish tartibi:

  • stvol qoplamasi bilan birgalikdagi gaz trubkasini biriktirish;

  • zatvorni zatvor ramasiga biriktirish;

  • zatvor ramasini zatvor bilan birgalikda stvol qutisiga joylashtirish;

  • qaytaruvchi mexanizmni biriktirish;

  • stvol qutisi qopqog‘ini biriktirish;


  • shompolni biriktirish;
    tepkini bosib, uni jangovar holatdan xalos etish va saqlagichni o‘rnatish;

  • anjomlar penalini qo‘ndoqdagi uyaga joylashtirish;

  • magazinni avtomatga biriktirish.

Avtomatni qayta yig‘ishda qismdagi raqamlar stvol qutisidagi raqamlarga solishtirilib ko‘riladi.


Yüklə 319,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin