Jangovar xususiyatlari. Granata zirhteshuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lib, dushmanning barcha turdagi tanklari va o‘ziyurar artilleriya qurilmalari
bilan samarali kurashish xususiyatiga ega. PG-7V o‘q-dorisi shtatdagi PG- 7V o‘q-dorisining yangilangan turi bo‘lib, undan biroz yengil va zirhteshuv- chanlik, teguvchanlik va shamolda barqarorlik xususiyatlari yuqoriroq.
Granatomyotdan nishonlarning balandligi 2 m va undan yuqori bo‘lgan, to‘g‘ridan to‘g‘ri otish uzoqligidagi tanklar, o‘ziyurar artilleriya quril- malariga ta’sirli o‘q uzish uzoqligi PG-7V uchun 330 m, PG-7VM uchun 310 m. Mo‘ljallab otish uzoqligi 500 m. Jangovar tezotarligi daqiqasiga 4—6 ta. Granatomyotning optik mo‘ljallagich bilan og‘irligi RPG-7 6,3 kg, RPG-7D — 6,7 kg. O‘q-dorining (granata porox zaryadi bilan) og‘irligi PG-7V — 2,2 kg, PG-7VM — 2 kg.