Yashirin joy, o‘q tegadigan (shikastlantiradigan) maydon va o‘q tegmaydigan maydon
Yashirin joylashgan, o‘q teshib o‘tolmaydigan berkitilgan joylarni, cho‘qqisidan tortib otish nuqtasigacha bo‘lgan maydon berkitilgan maydon deyiladi. Yuqori joylashtirilgan yashirin joy o‘qning yer bag‘irlab ketgan trayektoriyasi (harakatlanish yo‘li)dagi mo‘ljal nishonlarini shikastlantira olmasa, o‘lik (shikastlantirilmagan) maydon deyiladi.
Yashirin pana joylar yuqori balandlikda joylashgan bo‘lsa, mo‘ljalga olish balandligi pastroq bo‘lib, o‘qning trayektoriyasi (harakatlanish yo‘li) ravon bo‘ladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, berkitilgan o‘lik maydonlarda dushman o‘qlaridan epchillik bilan himoyalanish lozim bo‘ladi.
Berkitilgan maydonlarning yana bir qismida nishon shikastlantirilsa, shikastlantirilgan maydon masofasini tashkil etadi. Bu holatda trayektoriya (harakatlanish yo‘li) tarmog‘ining pasayishi mo‘ljal balandligini o‘zgartirmaydi.
Shikastlangan maydonlarda mo‘ljal balandligi yer bag‘irlab ketgan trayektoriya (harakatlanish yo‘li)ga burchak og‘ishi ham bog‘liqdir. Uning amaliyotdagi ahamiyati shundaki, mo‘ljalga olish nuqtasining nishongacha bo‘lgan katta tomonlardagi masofalari o‘lchashdagi aha- miyatsizlik o‘rinsiz xatolarni keltirib chiqaradi.