Mo ‘ljalga olish usullari. Mo‘ljalni tanlash va mo‘ljallangan nuqtaga, qo‘zg‘almas nishonga o‘t ochish
Mo‘ljalga olish — avtomat stvol kanalini o‘q otish uchun tayyorgarlik holatiga keltirilib, mo‘ljallangan nuqtaga to‘g‘rilanadi. Avtomatning nishonga to‘g‘rilanish nuqtasi mo ‘ljallangan nuqta deyiladi.
Mushkani to‘g‘ri olish uchun mushka mo‘ljallangan plankasining o‘yiq joyiga to‘g‘ri keltiriladi. Uning uchi mo‘ljallagich plankasi o‘yiq joyining o‘rta- sida bo‘lishi bilan, yuqori chekkalari bir tekisda bo‘lishi kerak (126-rasm).
Mo‘ljal va mo‘ljallangan nuqta shunday hisobga olingan holda tanlanishi zarurki, o‘t ochishda ro‘y beradigan o‘rtacha trayektoriya nishonning o‘rtasidan o‘tishi lozim. 300 metrgacha bo‘lgan masofaga avtomatdan o‘t ochishda, mo‘ljallagichni otish qoidasiga asosan, 3 raqamli yoki «n» harfiga o‘rnatish shart. Mo‘ljallanayotgan nishonning pastki qismiga yoki bo‘lmasa o‘rtasiga mo‘ljallash kerak bo‘ladi. Masalan, avtomatdan 100 metr masofadagi