boyqush bir yilda 1000ta sichqonni yo‟q qilib, 0,5t donni saqlab qolsa, chumolilar
o‟rmonlarni kasalliklardan saqlaydi.
Bir hujayrali dengiz hayvonlarning qoldiqlaridan cho‟kindi jinslar (bo‟r,
ohaktosh)
vujudga kelsa, poliplarning faoliyati tufayli okeanlarning sayoz va iliq
suvli qismida marjon orollari vujudga keladi.
Qadimda ham, texnika taraqqiyoti rivojlangan hozirgi vaqtda ham odamlar
hayvonlarni chiroyli terisi, mazali go‟shti, qimmatbaho suyagi uchun qiziqishgan
bo‟lsa o‟ta johil kishilar ov qilishni ermak bilib, hayvonot olamini yo‟q qilishgan.
Manbalardan ma‟lumki 1872 va 1874 yillar mobaynida
AQShdagi Kanzas temir
yo‟li qurilishi vaqtida “ishtiyoqmand” ovchilar har yili 2,5 mln. bizonni otib
tashlaganlar, ularni bu beozor jonivorning na mazali go‟shti va na terisi
qiziqtirmagandir. Oqibatda bizonlar shu qadar kamayib ketganki, hozir ularning
ozginasi maxsus qo‟riqxonalarda saqlanib qolgan.
Shuni aytish kerakki O‟zbekiston hududida
hayvonot olami qanchalik
muhofaza qilinmasin va ularningko‟payishiga sharoit yaratib berilgan bo‟lmasin
goho ularni pinhoniy ov qiluvchi shaxslar uchrab turadi.
O‟zbekiston hayvonat olamining turi ko‟p va ular rang-barang. Hududimizda
650 dan ortiq umurtqali hayvon namunalari mavjud bo‟lib, shulardan 83 baliq turi,
3 ta amfibiy, 58
tur sudralib yuruvchilar, 424 turdan ziyod qushlar va 97 tur sut
emizuvchilar yashaydi. Hayvonot dunyosini muhofza qilish borasida so‟z borar
ekan, suv jonivorlarining kamayib ketayotganligiga alohida e‟tibor
berish lozim
bo‟ladi. Chunki, ulardan ayniqsa baliq turlarining kamayib ketishi tashvishlanarli
xoldir. Bunga sabab esa suv havzalarining ifloslanishi ifloslanishi, suvdagi suv
salmog‟ining ayrim joylarda ortib borishi ma‟lum turdagi baliqlar uchun katta
zarar bo‟lishi mumkin. Bundan tashqari brakonьer
ovchilar ham baliqlarning
kamayib ketishiga sabab bo‟lmoqda. O‟lkamizda baliq ovlash xo‟jaliklari maydoni
38 mln.ga dan iborat.
O‟lka hududidan turon yo‟lbarsi, shuningdek, qizil bo‟ri butunlay yo‟qolib
ketgan bo‟lib, qoplon, Old Osiyo qoploni, yo‟l-yo‟l sirtlon, tuvaloq kabi
jonzotlarning yo‟qolib ketish xavfi bor.
Ma‟lumotlarga qaraganda, O‟zbekiston hududida Mirzacho‟l, Qarshi cho‟li,
Surxon – Sherobod cho‟li, Farg‟ona vodiysining markaziy qismlari o‟zlashtirilgan.
Bu esa sahro-cho‟l muhitida yashaydigan
bir qator jonivorlarning, jumladan,
jayron, go‟zal tuvaloq kabi noyob zotlarning kamayib ketishiga sabab bo‟lmoqda.
Bir qator go‟zal jonivorlar, jumladan tog‟ qo‟yi, eron vidrasi, O‟rta Osiyo
kapchailoni kabilar johil ovchilar tomonidan butunlay kamaytirib yuborildi.
Hayvonlarning noyob va yo‟qolib borayotgan
turlarini muhofaza qilishda
ularning yashash sharoitini yaxshilash va ko‟payishi uchun qulay imkoniyatlar
yaratib berish kerak. Buning uchun birinchidan, yo‟qolib ketayotgan va noyob
hayvon turlarini qat‟iy nazorat ostiga olib, ov qilishga mutlaqo yo‟l qo‟ymaslik va
ikkinchidan, o‟sha hayvonlar yashaydigan hududlarni tabiiy holicha saqlab,
qo‟riqxonalarga, buyurtmaxonalarga aylantirish zarur.
O‟zbekistonda chop etilgan yangi «Qizil kitob»da 24 tur sut emizuvchilar, 51
tur qushlar, 16 tur sudralib yuruvchilar, 18 tur baliqlar kiritilgan. Umurtqasiz
hayvonlardan turli sistematik guruhlarga kiruvchi 80 turi kiritilgan (1-2-jadval).
O‟zbekiston
mustakillikga
erishgan
kunidan
boshlab
jamiyatni
demokratlashtirish va tabiatnimuxofaza kilish soxasidadagi konunchilik ishlari
tobora takomillashtirilib bormokda. «Tabiatni muxofaza kilish tugrisida»(1992),
Aloxida muxofaza kilinadigan tabiiy xududlar tugrisida»(1993), Xayvonot olamini
muxofaza kili shva undan foydalanish tugrisida»(1997),shuningdek Vazirlar
maxkamasi tomonidan tasdiklangan bir kator xujjatlar asosida xayvonot olami
muxofaza kilinmokda Bulardan tashkari O‟zbekiston Respublikasi 1995
yilda
Biologik xilma-xillik tugrisidagi va Xalkaro axamiyatga ega, ayniksa suvda
suzuvchi kushlarning yashash joylari bulgan suv-botkokli joylar tugrisidagi (2001
yil Ramsar) Konventsiyalarga kushilgan.
Dostları ilə paylaş: