3. Biologik , Kimyoviy , Fizik-mexanik , kurash choralari
Agrotexnik kurash choralari. O‘simlik kasalliklariga hamda begona o‘tlarga qarshi kurash yuzasidan o‘tkaziladigan agrotexnika tadbirlari asosan ogohlantiruvchi choralardir. Bu tadbirlar, birinchidan, dalalarni xavf-xatar tug‘diradigan miqdorda zararli organizmlar paydo bo‘lishidan asraydi, ikkinchidan, o‘simliklarning zararlanishiga bardoshliligini oshiradi. O‘simliklarni turli kasalliklardan himoya qilishga doir agrotexnika tadbirlari o‘simlik o‘stirish agrotexnikasining umumiy qoidalariga zid kelmaydi, balki umumiy agronomiya choralarining bir qismini tashkil qiladi. Agrotexnik tadbirlar turli usullarni o‘z ichiga oladi

Almashlab ekish. Faol ravishda g‘o‘za-beda, makkajo‘xori yoki oqjo‘xori hamda oraliq ekin ekilgan dalalar birgalikda yuksak darajada umumagronomiya samarasini berishdan tashqari g‘o‘zani zararkunanda, kasallik, jumladan, vilt bilan zararlanishini keskin kamaytirishga imkon beradi. Respublikamizda g‘alla ekilgan maydon ko‘paytirilib, beda kamayib ketishi va ayniqsa, bug‘doyning g‘o‘za ichiga ekilishi, yuqorida qayd qilingan ijobiy natijalarni birmuncha pasaytiradi.