O‘simliklarning yuqumli va yuqumsiz kasalliklari-fayllar.org
Tuproqda hayot kechiruvchi mikroorganizmlar orasida o‘zaro ziddiyat ularning saprotrof va patogen vakillari orasida amalga oshganligidan foydali mikroorganizmlar hosil qilgan antibiotiklar, fitonsidlar ta’sirida patogen turlarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Tuproqdagi antogonist-mikroblar: bakteriyalar, zamburug‘lar, aktinomitsetlar, faglar o‘zining rivojlanishining turli bosqichlarida fitopatogen zamburug‘lar va bakteriyalarga ta’sir ko‘rsatadi.

Kimyoviy kurash choralari. O‘simliklarni kasalliklardan himoya qilishda ishlatiladigan kimyoviy usul – maxsus organik va anorganik kimyoviy moddalarni tirik o‘simliklar va tuproqdagi o‘simlik kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi patogen organizmlarni qirish yoki ularning rivojlanishini to‘xtatish uchun qo‘llashdan iborat. Kimyoviy usulni qo‘llashda urug‘lar quruq, yarim quruq va nam usulda dorilanadi, preparat tuproqqa solinadi, o‘simliklarga kukun shaklida changlatiladi yoki suyuq shaklda purkaladi. O‘simlik kasalliklari bilan kurashda qo‘llaniladigan kimyoviy modda pestitsid, deb ataladi. Zamburug‘larga qarshi ishlatiladigan pestitsidlar fungitsid, bakteriyalarga qarshi ishlatiladiganlari esa bakteritsid, deb ataladi