Osnovi Web-texnologiy


Iqtisodiy kelishuvlar asosida qarorlar qabul qilish -



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə38/85
tarix31.12.2021
ölçüsü0,71 Mb.
#113176
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85
Elektron tijorat 2 qism

Iqtisodiy kelishuvlar asosida qarorlar qabul qilish - iqtisodiy kelishuvlarni ishlatish hamda logistik jarayonda qatnashuvchi hamma ishlab chiqarish tashkilotlarimng qiziqish doirasini namoyon qiluvchi hisobotlarda aks etadi.

1.4. Raqamli logistikaning O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlanishida tutgan o‘rni va ahamiyati

Zamonaviy axborot texnologiyalari va boshqaruvning aqlli tizimlaridan foydalanishga asoslangan raqamli logistika transport yaxshilanishining asosiy sohasidir. Shu bilan birga, raqamli logistikani amalga oshirish an’anaviy tamoyillarga muhim qo‘shimcha talab qiladi - kerakli ma’lumotlarni kerakli vaqtda va joyda olish bilan bog‘liq talablar.

Logistika sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanish transport tizimining ayrim elementlarining ishlash xususiyatlarini hisobga olgan holda yuklarni eshikdan eshikka yetkazib berish zanjirini maqbul ravishda tashkil etish imkonini beradi. Aqlli tizimlardan foydalanish va katta hajmdagi ma‘lumotlarga ishlov berish orqali individual rejalashtirishdan o‘tish amalga oshiriladi, bunda to‘liq yetkazib berish rasmini ko‘rish imkonsiz, transport tizimi faoliyatining umumiy jihatidan har xil turdagi transport vositalarining ishlashini baholashga imkon beradigan integral rejalashtirish lozim. Masalan, transport infratuzilmasida tiqilib qolish holatini baholash transportning asosiy ko‘rsatkichlariga ushbu ta’sir prognozini hisobga olgan holda transport turini tanlashni belgilaydi. Ushbu yondashuv xarajatlarni tejashga imkon beradi. Tovarlarni yetkazib berish uchun, shuningdek transport xizmatlari iste’molchilari (masalan, savdo korxonalari) va transport kompaniyalari o‘rtasida yagona axborot makonida integratsiyani ta’minlash uchun aqlli tizim ehtiyojni baholaydi va elektron ariza shakllanishini amalga oshiradi. Rejalashtirish jarayoni amalga oshirishda tizimda elektron shaklda tovarlarni yetkazib berish to‘g‘risida ariza olinganda, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashni amalga oshirish lozim. Zotan juda ko‘p bulutli xizmatlar mavjud bo‘lib, kelajakda biz ulardan kengroq foydalanishni amalga oshirilishini kutishimiz kerak.

Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar asosida rivojlanayotgan globalizatsiya va kuchli integratsiya iqtisodiyotni yanada tez va keskin tarzda shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Faqat ana shu jarayonlarga moslashgan holda uning tashkil qiluvchi elementlari hisoblangan asosiy sohalarini rivojlantirish bilan hozirgi vaziyatda raqobatbardoshlikni saqlab qolish mumkin. Hozirda ixtisoslashgan ishlab chiqarishni va jahon miqyosida hamkorlik aloqalarini chuqurlashishini shakllantiruvchi multimodal logistika markazlari va logistika sohasi muhim rol o‘ynaydi.

Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash eng dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda.

Shu o‘rinda Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ma’ruzalarida ta’kidlaganidek: “..hamma sohada aniq tartib va qattiq intizomni ta’minlashimiz darkor. Yana bir bor ta’kidlayman, ishni birgalikda bajaramiz, natija uchun esa har birimiz shaxsan javob beramiz”.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan “Yo‘l-transport, muxandislikkommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha dasturlarning prognoz parametrlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish hamda ularga erishishning asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab bergan.

Mamlakatimizda ham bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish, qulay biznes muhitini yaratish va iqtisodiyotimizni modernizatsiyalashning yangi talablari eng avvalo logistikani rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. Yurtimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda logistikaning o‘rni katta. Chunki bu soha rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti rivoji uchun dolzarb bo‘lib kelmoqda .

O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishariga bag‘ishlangan bandida “Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish, erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarni tashkil etish, amaldagi zonalarning samaradorligini oshirish, xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish, yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga, boshqarish tizimiga informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni saqlash, transportirovka qilish va sotish, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlarni ko‘rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish” kabi vazifalar keltirilgan.

Shulardan kelib chiqqan holda, bugun mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash, iqtisodiyotimizning sifat jihatdan yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, hududlarimizni kompleks rivojlantirish bo‘yicha barcha rejalarimizning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi yo‘l-transport va kommunikatsiya infratuzilma tarmoqlarini yuksak sur’atlar bilan rivojlantirishga uzviy bog‘liqdir.

2018-2021 yillarda chegaradosh mamlakatlar bilan logistik marshrutlarni diversifikatsiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, unga ko‘ra kelishuv bitimlari imzolanadi. Bunda chegaradosh mamlakatlar bilan amaliy muzokaralar o‘tkazish, qo‘shni davlatlarning infratuzilmalarini rivojlantirishga investitsiyalar kiritish tashabbusi bilan chiqish orqali mahsulotlarning eksport-importidagi logistik muammolarni hal etishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy va boshqa xalqaro aloqalar, shu jumladan yuklar (yo‘lovchilar)ni xalqaro tashishlar yuqori suratlar bilan rivojlanmoqda. Buni yangi ishlab chiqilgan qonunlar, qarorlar logistik markaz hamda kompaniyalarga yaratilayotgan turli imkoniyatlar va yangi ochilayotgan logistik markazlar misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining yagona transport bozorini tashkil etish transport strategiyasining asosiy maqsadlaridan biridir. Mamlakat transport yo‘nalishlarining g‘arbdan-sharqqa kesishgan geografik hududda joylashuvi milliy transport infratuzilmasining intensiv rivojlanishini ta’minlash maqsadida logistik boshqaruv yondashuvini amalga oshirish asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

Transport tizimining muhimligi iqtisodiy rivojlanish uchun maqsadli dasturni amalga oshirishni, har xil transport turlarini rivojlantirishga qaratilgan kompleks maqsadli dasturni amalga oshirishni taqozo etadi. Transport muammolari tizimli yondashuv nuqtai nazardan kelib chiqqan holda o‘z yechimini topadi va maxsus dastur ishlab chiqishni taqozo etadi. Bu dasturning tarkibiga quyidagi asosiy tamoyillarni kiritish maqsadga muvofiqdir:


  • transport infratuzilmasini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish;

  • yo‘lovchi va yuk transporti xizmatlarini takomillashtirish;

  • xalqaro transport aloqalari, transport yo‘laklari, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik va jahon transport tarmog‘iga integratsiyalashuv;

  • transport tizimlarining integratsiyalashuvi;

  • barcha xil transportlarda harakat xavfsizligini ta’minlash;

  • transport va uning infratuzilmasi rivojlanishida ekologik masalalar;

  • transport statistikasi va axborot infratuzilmasi;

  • transport sohasida qonunchilik; -fan va ta’lim.

Bunday ulkan kompleks masalalar ilmiy, texnologik, tashkiliy yechimlar bilan bog‘liqdir. Transport muammolarining rivojlanishi, intermodalligi va umumiy axborot muhitini shakllantirish, hattoki transport tizimida qo‘llaniladigan terminlarda ham har-xil talqin etilmoqda. Bunday sharoitda hamkorlik sari birinchi qo‘yiladigan qadamlar ushbu masalalarni yechish va muammolarni bir tizimga keltirishdan iborat bo‘ladi.

Hozirgi jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning ko‘pgina sohalarini qaytadan modernizatsiya va diversifikatsiya qilish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi.

Xalqaro yuklarni tashishda faol ishtirok etayotgan milliy transport va ekspeditorlik tashkilotlar birinchilardan bo‘lib, yuklarni tashishni zamonaviy holda tashkil etish va yuklarni qayta ishlash logistikasini muhimligini anglab yetgan holda inter, multimodal va yuklarni tashishning terminal tizimlarini, yuklarni tashish texnologiyasi, zamonaviy telekommunikatsiyalar, ya’ni yukni kuzatishning va boshqalarning ham logistikaga ehtiyoji sezildi. O‘zbekistonda yirik transport va ekspeditorlik tashkilotlari o‘zlarining terminal tizimlarini, tashkil eta boshladilar, shuning uchun yuk tarqatuvchi va logistik markazlar, logistik servis ko‘rsatish ishlarini qo‘llab-quvvatlab turuvchi axborot - kompyuter tizimlarini tuzishga ehtiyoj sezilmoqda.

Logistika konsepsiyasini tatbiq etish, korxonalardagi umumiy xarajatlarni kamaytirish uchun asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Logistik faoliyat integratsiyali ahamiyatga ega bo‘lib, u tovar (xizmat)larga ehtiyoj paydo bo‘lgandan, to uni qoniqtirgungacha bo‘lgan oraliqni o‘z ichiga oladi. Makrodarajadagi logistika turli xil tashkilotlarning integratsiyalashuvi orqali biznes maqsadiga erishgungacha bo‘lgan birgalikdagi faoliyatini aks ettiradi.

Barcha faoliyat va operatsiyalar rejalashtirilishi, boshqarilishi va muvofiqlashtirilishi lozim. Logistikaning asosiy integratsiyalashgan tizimini shunday muhim biznes sohalari, ya’ni xomashyo va materiallarni sotib olish, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish, transport, axborot va boshqalar tashkil etadi.

Logistikaning maqsadi deb, globalizatsiyalashtirish, inson faoliyatining kattagina sohasini o‘z ichiga olgan tovarlar, xizmatlar, xomashyo va materiallar harakatining barcha yo‘llarini tushunish mumkin.

Hozirgi kunda logistika transport - ekspeditsiya faoliyati doirasida qizg‘in rivojlanayapti. Logistik zanjirning tuzilishiga e’tibor bersak ba’zi bo‘g‘inlarda mahsulotlarni ortiqcha ishlatish, boshqa hollarda esa iqtisod qilinganini ko‘ramiz. Afsuski, bu iqtisodiy, murosalar hozircha muhim rol o‘ynamaydi. Transport-ekspeditsiya firmalari logistik zanjir tuzilishida sheriklarning qiziqishini hisobga olishlari kerak. “Zanjir, eng kuchsiz bo‘g‘inga qaraganda kuchli bo‘lishi mumkin” - bu logistikaning asosiy tamoyillaridan biridir.

Logistikaning asosiy xususiyatlaridan biri har xil korxonalarning tovarlari iste’molchiga yetib borgunga qadar ularning birgalikdagi faoliyatidir. Bunday faoliyatga mablag‘ni pasaytirish zaxira manbalarini ochishga yordam beradi. Shu bilan birga logistik sheriklar o‘rtasida umumiy foydani taqsimlash mexanizmining yo‘qligi bu ishni amalga oshirish samaradorligini birmuncha pasaytiradi.

O‘zbekistonda logistikaning sekin rivojlanishiga sabab bo‘layotgan quyidagi muammolarni alohida ajratishimiz mumkin:

Birinchidan logistika tushunchasi ko‘pgina ishbilarmon va menejerlar uchun yangilik O‘zbekistonda malakali mutaxassislar talab darajasida yetishmaydi, logistika sohasida menejerlar, ishbilarmonlar kam, bu esa logistikaning mohiyatini tushunishni qiyinlashtiradi.

Ikkinchidan, tashkilotlarida logistika tamoyillarini amalga oshirish uchun sharoit yetishmaydi. Ko‘pgina tashkilotlar iqtisodiyot rejasi oldida “tizzagacha botishgan”. Ko‘pgina korxonalarda logistika xizmatini shakllantirishda qiyinchiliklar mavjud bo‘lib turibdi.

Xususiy firmalar xodimlari bajarilishi kerak bo‘lgan funksiyalari va bu bo‘linmalarning faoliyati haqida past tasavvurga egadirlar.

Uchinchidan, milliy qonunchilik xalqaro qonunchilikda, xalqaro savdo sohasida, harakat, xalqaro tashish, milliy tashish va ichki tashish shuningder, aralash tashish masalalari hali yetarlicha o‘zaro moslashtirilmagan. Tovarlar harakatini to‘sib turishga olib keladigan omillar oqibatida logistik zanjirning uzoq muddatga uzilishiga olib keladi va u ma’lum vaqtgacha cho‘zilishi mumkin. Shu sababli korxona rahbarlari va xodimlari o‘z maqsadlarini amalga oshirishlarida logistikani tatbiq etishga ishonchsizlik bilan yondashishlari mumkin.

To‘rtinchidan, chet el logistik tashkilotlari bilan yaxshi aloqalarning yo‘qligi, xalqaro logistik uyushmalari bilan davlatlararo huquqiy aloqalarni belgilash, soliq, bojxona, ba’zi vazirliklar, departament va boshqalar tomonidan korxonalar ishbilarmonlik faoliyatining olib borilishi darajasi yetarli emasligi.

Hozirda logistika sohasiga qaratilayotgan e’tibor yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar hech birimizga sir emas.



Eksport qilinadigan asosiy yuklarni quyidagi hududlar orqali temir yo‘l transportida tranzit tashishda tarif preferensiyalarini olish choralarini ko‘rish: Turkmaniston va Eron hududlari orqali – BandarAbbos bandargohiga va keyinchalik Janubiy, JanubiSharqiy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga chiqish uchun; Ozarbayjon va Gruziya hududlari orqali – Qora dengizdagi Poti, Batumi va Ilichevsk bandargohlari, O‘rta Yer dengizidagi Mersin bandargohiga, keyinchalik Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlariga, shuningdek, Marmaray dovoni orqali Yevropa Ittifoqi davlatlariga chiqish uchun; Qozog‘iston va Rossiya hududlari orqali – Boltiqbo‘yi va Qora dengiz hamda Uzoq Sharq bandargohlariga chiqish uchun “Yo‘l xaritasi” va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, bunda:

  • tegishli davlatlar temir yo‘l ma’muriyatlariga murojaatlar yuborish;

  • masalalarni ikki tomonlama muzokaralar va uchrashuvlar davomida ko‘rib chiqish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni aniq belgilash;

  • chet el davlatlaridagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari vakillarini keng jalb qilish;

  • loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy manbalarni aniqlash, xorijiy davlatlar hamda xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish yuzasidan muzokaralar o‘tkazish nazarda tutiladi.

Milliy yuk tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlarga qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida “Milliy logistika portali”ni tashkil etish lozim ekanligi ta’kidlanmoqda. Xalqaro tranzit yo‘llarini ochish, kengaytirish va zarurlarini qayta qurish hamda rekonstruksiya qilish zarur. Kelgusi yilda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlanishi ham quvonarli hol. Eksportni yanada rag‘batlantirish maqsadida texnik jihatdan tartibga solish tizimini xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish lozim. Asosiy maqsadlarimizdan biri – tashqi bozorga sifatli va sertifikatlangan mahsulotlarni “o‘zbek brendi” nomi bilan olib chiqishga erishish kerak.


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin