Osnovi Web-texnologiy


Raqamli logistik yo‘nalishlar



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə60/85
tarix31.12.2021
ölçüsü0,71 Mb.
#113176
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   85
Elektron tijorat 2 qism

2.4. Raqamli logistik yo‘nalishlar


Logistikani boshqarish va logistikani fan sifatida tadqiq qilishning obyekti moddiy, axborot, moliya, servis va boshqa omillar hisoblanadi.

Oqim o‘zida bir qancha vaqt (interval) oralig‘ida va aniq davr uchun absolyut birlik bo‘lib, o‘lchanuvchi jarayon sifatida bir butun deb qabul qilinuvchi obyektlar jamligini aks ettiradi.

Oqim ko‘rsatkichlari bu yuz berayotgan jarayonlarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlardir.

Oqimni tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar uning boshlang‘ich va oxirgi punktlari, harakat trayektoriyasi, yo‘l uzunligi, harakat vaqti va tezligi, oraliq punktlar, jadallik hisoblanadi.

Oqimlar quyidagi ko‘rsatkichlar boyicha tavsiflanadi:

Ko‘rilayotgan tizimga aloqasi bo‘yicha;



Uzluksizlik darajasiga ko‘ra:

  • uzluksiz oqimlar – vaqtning har onida oqim trayektoriyasi bo‘yicha obyektlarning ma’lum soni joylashadi;

  • diskret oqimlar – har xil vaqt oralig‘ida joylashuvchi obyektlardan tashkil topadi.

Muntazamlilik darajasi bo‘yicha:

-determinallashgan oqimlar – vaqtning har bir daqiqasida ko‘rsatkichlarning aniqligi bilan tavsiflanadi;

-stoxastik oqimlar – vaqtning har bir daqiqasida ma’lum ehtimollik darajasi bilan aniqlangan ko‘rsatkichlarning tasodifiy tavsiflari.

Barqarorlik darajasi bo‘yicha:



  • barqaror oqimlar – ma’lum vaqt oralig‘idagi ahamiyatli ko‘rsatkichlarning doimiyligi bilan xarakterlanadi;

  • barqaror bo‘lmagan oqimlar – oqimlar ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bilan tavsiflanadi.

O‘zgaruvchanlik darajasi bo‘yicha:

  • statsionar oqimlar – o‘rnatilgan jarayon uchun xarakterli bo‘lib, ularning jadalligi doimiy hisoblanadi;

  • nostatsionar oqimlar – o‘rnatilmagan jarayon uchun xarakterli, ularning jadalligi ma’lum davr oralig‘ida o‘zgarib turadi.

Oqim elementlarining joylashish xarakteri bo‘yicha:

  • teng o‘lchamli oqimlar – obyektlarning joylashish tezligining doimiyligi bilan xarakterlanadi shunindek, obektlarning boshlang‘ich va oxirgi harakat intervallari ham teng;

  • notekis o‘lchamli oqimlar – joylashish tezligi o‘zgarishi bilan xarakterlanadi, bunda tezlashish, sekinlashish, yo‘lda turib qolish, jo‘natish va yetib kelish oralig‘ida o‘zgarishlar bo‘ladi.

Davriylik darajasi bo‘yicha: davriy oqimlar – ko‘rsatkichlarning doimiyligi yoki ma’lum davrdan keyin xarakterlar doimiyligining o‘zgarishi bilan xarakterlanadi.

Tashish darajasining chastotasiga nisbatan: - ritmli;



  • ritmsiz.

Murakkablik darajasi bo‘yicha:

ta’siriga adekvat javob beradi;

  • boshqarib bo‘lmaydigan oqimlar – boshqaruv ta’siriga javob bermaydigan material oqimi tushunchasi logistikada birlamchi hisoblanadi.

Moddiy oqimlar transportirovkalash, omborlashtirish va boshqa xomashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar bilan birinchi manbaadan iste’molchigacha bo‘ladigan operatsiyalar orqali yuzaga keladi. Moddiy oqimlari har xil korxonalar orasidan yoki korxona ichidan ham o‘tishi mumkin.

Moddiy oqimlar harakatida korxona nazoratini tashkil etish jarayoni bir butun o‘lchov sifatida qaraladi, ayniqsa, moddiy oqimlarning korxona ichidagi harakati, ularni rejalashtirish va zaxiralarning boshqaruvi haqida fikr yuritish mumkin. Shuni qayd etmoq kerakki, aksariyat tadqiqotlarda korxona yoki ombor mustaqil o‘lchov sifatida qaraladi va moddiy oqimning kirimi va chiqimi bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarga asosiy e‘tibor qaratiladi Biroq masalaga bunday yondoshilganda ixtiyoriy operatsiyani (yuklash, yo‘ldagi vaqt) asosiy oqimlar uchun zarur vaqt va opersiyalarni boshlash uchun kerakli vaqt yetakchi boshqaruv omillaridan hisoblanadi.

Iste‘molchi mahsulotni mintaqaviy ombor orqali yoki bevosita ishlab chiqaruvchining o‘zidan olishi mumkin. Aniqki, buyurtmalarni bajarish muddati turlichadir. Ombordan mavjud mahsulotlarni saqlash uchungina emas, balki mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish uchun ham foydalaniladi. Buyurtmalarning o‘z vaqtida bajarilishi transport vositalari, buyurtmalarni tayyorlash texnikalariga ham bog‘liq


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin