Ortish-tushirish ishlariga ko‘ra yuklar: donali, uyib tashiluvchi va quyuluvchi yuklarga bo‘linadilar. Tarali yuklarni odatda donali yuklarga kiritiladi. Uyib tashiluvchi yuklarga sochiluvchan va ortishda uyilib tashilishi mumkin bo‘lgan mayda-donali yuklar (qum, shag‘al, tosh ko‘mir, o‘tin va h.k.) kiradi. Sochiluvchan yuklarga don va shunga o‘xshash mahsulotlar kiradi. Donali yuklarni tashishda ular joy miqdori bilan hisoblab boriladi.
Tashish (birligi) og‘irligiga ko‘rayuklar meyoriy og‘irlikdagi va og‘ir massali yuklarga bo‘linadi. Tarali va donali yuklarning chegaraviy meyoriy og‘irligi - 250 kg, dumalatib suruluvchi yuklar uchun – 400 kg. Ko‘rsatilgan miqdordan og‘ir bo‘lgan yuklar og‘ir massali yuklar qatoriga kiritiladi. Agar yuk og‘irligi 4-5 tonnadan ortiq bo‘lsa, uni tashish uchun maxsus transport vositasi talab qilinishi mumkin.