Osnovi Web-texnologiy


Logistikaning asosiy tushunchalari



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə8/85
tarix31.12.2021
ölçüsü0,71 Mb.
#113176
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85
Elektron tijorat 2 qism

Logistikaning asosiy tushunchalari. Logistika atamasi (yunoncha “logistike” so‘zidan olinib) - o‘ylash, hisoblash, maqsadga muvofiqlik” degan ma’noni anglatadi. Rim imperiyasida bu atama “oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatish” deb tushunilgan. Vizantiyada logistika harbiy ta’minot va armiyani boshqarishni tashkil qilish vositasi deb hisoblangan. Tarixiy jihatdan logistika amaliy faoliyat sifatida harbiy ishlar tufayli rivojlangan. 20-asr boshlarida logistika harbiy fan deb hisoblangan. Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlarida logistika tamoyillari va modellari keng qo‘llanilgan. Ikkinchi Jahon urushi davrida logistika AQSh armiyasining moddiy-texnik ta’minotida faol ishlatilgan, bu esa harbiy sanoat, front, front orti ta’minot bazalari va transport o‘rtasida aniq o‘zaro ta’sirni ta’minlash imkonini bergan. Amaliy tadqiqotlar, matematik optimallashtirish, tarmoq modellari va boshqa amaliy matematik usullar yordamida logistikani harbiy sohada o‘z samaradorligini isbotlagan. Buni inobatga olgan holda logistika astasekin iqtisodiy amaliyot sohasiga o‘tdi va 1960-70-yillarda iqtisodiyotda keng qo‘llanila boshladi.

Bugungi kunda logistikaga moddiy oqimlarni boshqarish sifatida qaraladi. O‘z davrida Sharq bilan G‘arbni bog‘lab turgan Buyuk Ipak Yo‘li orqali boladigan turli xil tovar almashinuvi hamda savdo-sotiq jarayonlarida logistika elemenlarini yaqqol ko‘rish mumkin.

Logistika tushunchasini tasniflashda bir nechta qarashlar mavjud. Ularning ko‘pchigi bu tushunchani moddiy oqim va axborot oqimi bilan bog‘lashadi.

Logistikaning barcha tasniflarini ikki guruhga ajratish mumkin.

Ulardan biri logistikani xo‘jalik faoliyatining bir yo‘nalishi sifatida tushuntiradi, u ishlab chiqarish va tovar almashinuvi sohalarida moddiy va axborot oqimlarini boshqarishdan iborat. Ikkinchisi - logistikani ilmiy yo‘nalish sifatida o‘rganadi, u moddiy va axborot oqimlarining samaradorligini oshirishning yangi imkoniyatlarini qidirish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.

Adabiyotlarda logistikaga xo‘jalik yuritishning ilmiy-amaliy yo‘nalishi sifatida yondashish keng tarqalmoqda. Bu yondashuv ishlab chiqarish va tovar almashish sohalarida moddiy va axborot oqimlarini samarali boshqarishdan iborat.

Rossiyada 1995-yilda nashr etilgan logistika bo‘yicha ilmiy lug‘atda logistikaga quyidagicha tasnif berilgan:

“Logistika ishlab chiqarish korxonasigacha xomashyo va materiallarni yetkazib berish, xomashyo, materiallarni, yarimtayyor mahsulotlarni qayta ishlash, tayyor mahsulotni iste’molchigacha yetkazib berish hamda zarur m’alumotni qayta ishlash, saqlash va jo‘natish jarayonida bajariladigan tashish, saqlash, hamda boshqa moddiy va nomoddiy operatsiyalarni boshqarish va nazorat qilish to‘g‘risidagi fandir”.

Yuqoridagilarni umumlashtirib logistikaga qisqaroq tasnif berish mumkin.


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin