Raqamli logistikaning asosiy tuchunchasi. Zamonaviy axborot kommunikatsion va internet texnologiyalarining rivojlanish raqamlashtirish jarayonlariga olib keldi. Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot rivojlanish tendensiyalari yangi texnologiyalarni joriy etishni talab etadi. Raqamli iqtisodiyot shakllanmoqda va uning yordamida yangi institutsional o‘lchamda yashaydigan raqamli logistika yangi qoidalar va qonunlarga muvofiq rivojlanmoqda. Logistika xalqaro virtual bozorning bir qismiga aylanib, raqobat maydonini kengaytirmoqda. Nafaqat bozor subyektlari, balki davlatlar ham raqobatlashadi. Iqtisodiy bilimlar raqobat quroli bo‘lib raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik qo‘llanmasiga aylanmoqda.
Har bir fan o‘z bilim mavzusiga egadir. Logistika fanini ham nazariyasi va amaliy iqtisodiy faoliyatning muayyan turini farqlash kerak.
Logistika - bu iqtisodiy materiyaning oqimini tashkil etish qonunlari va tamoyillarini o‘rganadigan fan.