Tashkillashtiruvchi funksiya. Tovar harakati jarayonida yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar o‘rtasida xo‘jalik aloqalari tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Xo‘jalik aloqalarining obyektiv asosi bo‘lib mehnatning tovar harakati bosqichlari bo‘yicha bo‘linishi xizmat qiladi, bu esa jarayonlarning alohidalashuviga olib keladi va turli aloqa tizimlari birlashtiruvchilarini sozlash talabini vujudga keltiradi. Bu masalaning yechimi bir butun oqimli jarayon ichida materiallar va axborotning “ishlab chiqaruvchi-iste’molchi” zanjiri bo‘yicha harakatini tashkil etish, alohida bosqichlari o‘zaro ta’sirini ta’minlash va tovar harakati qatnashchilari harakatlarini moslashtirish orqali amalga oshiriladi.