Kompyuterlashtirish tamoyili. Bu tamoyilda logistik funksiyalar va umuman tovar harakati jarayonlarini avtomatlashtirish maksimal darajada bajarilishi lozimligidan iborat. Avtomatlashtirilgan tizim materiallar harakatini nazorat qilish va yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarning ishlab chiqarilishi, ishlab chiqarish zaxiralarining holati, kelib tushishning hajmi, buyurtmalarning bajarilish darajasi va boshqalar haqida ma’lumot to‘plash uchun xizmat qiladi. Vaqtni zijlashtirishning eng katta samarasini va iste’molchilarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatilishini boshqaruv tizimlari belgilab beradi.
Bu tizimlar xomashyo xarid qilinishidan to tayyor mahsulotning iste’molchiga yetib borgunicha tovar harakati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Logistikaning konseptual tashkil etuvchilarini aniqlashimiz lozim.
Konsepsiya - bu yondashishlarning tizimi, hodisalarni, jarayonlarni u yoki bu tarzda tushunishdir. Moddiy oqimlarni boshqarishni ratsionallashtirish yo‘li bilan xo‘jalik faoliyatini takomillashtrrishga yondashuvlar tizimi logistikaning konsepsiyasini xarakterlaydi.
Bu konsepsiyaning tashkil etuvchilari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
logistika masalalarini yechishda tizimli yondashuv tamoyilini amalga oshirish;
iqtisodiy kompromisslar asosida qarorlar qabul qilish;
butun logistik zanjir davomida xarajatlarni hisobga olish;
logistikaga korxonalarning raqobatbardoshligini oshiruvchi omil sifatida yondashish.
Dostları ilə paylaş: |