Logistik tizimlarning funksional farqlanishida ishlab chiqarish logistikasining o‘rni. Ishlab chiqarish logistikaning asosiy sohalaridan biri hisoblanib, korxona faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Moddiy resurslar omboridan tayyor mahsulotlar omborigacha yo‘nalishdagi moddiy va axborot oqimlarini boshqarish ishlab chiqarish logistikasi deb ataladi.
Logistik tizimlarning funksional farqlanishi berilgan quyidagi rasmda ishlab chiqarish logistikasining o‘rni yaqqol namoyon bo‘ladi:
Logistikani funksional jihatdan bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish muhim ahamiyatga ega, chunki korxonada logistika xizmatini shakllantirishda funksional taqsimot qo‘l keladi. Logistikaning funksional kichik tizimlarga bo‘linishi korxonadagi ta‘minot, ishlab chiqarish va sotish (taqsimot) tizimlari mavjudligi uchun ham zarurdir. Logistikani funksional jihatdan kichik tizimlarga bo‘lish “xarid (ta‘minot) loistikasi”, “ishlab chiqarish logistikasi”, “taqsimot logistikasi”, “transport logistikasi” va “omborxona (zaxiralar) logistikasi” kabi tushunchalarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.
Logistikani turlarga bo‘lishning boshqa me‘zonlari ham mavjud. Masalan, resurs logistikasining moddiy (transport-ombor), axborot, moliyaviy va kadrlar logistikasi kabi turlari bor. Logistikani tadbirkorlik sohasiga tadbiq etish asosida biznes-logistika haqida gapirish mumkin, bunda uning tarkibiy qismlari sifatida ishlab chiqarish logistikasi, tijorat (savdo) logistikasi va moliya logistikasini ajratishadi.
Ammo biz ushbu fan doirasida logistikaning funksional vazifalaridan kelib chiqib ajratiluvchi ko‘rinishlarini o‘rganmoqdamiz, bular:
-transport-logistikasi-(mohiyatiga-ko‘ra-yuqorida-sanab-o‘tilganhar-bir logistikaning tarkibiy qismi hisoblanadi); -omborxona(zaxira) logistikasi.
Logistikaning sanab o‘tiladigan turlarida ajralmas qism sifatida logistik axborot oqimlar mavjud bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |