Osnovi Web-texnologiy


Raqamli marketingda tadqiqotlar va ma’lumotlarni boshqarish tizimlari



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə76/85
tarix31.12.2021
ölçüsü0,71 Mb.
#113176
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   85
Elektron tijorat 2 qism

4.2. Raqamli marketingda tadqiqotlar va ma’lumotlarni boshqarish tizimlari

Raqamli marketingda tadqiqotlar deganda raqamli marketing kommunikatsiyalari va texnikalari tamoyllarini modul tizimida o‘rganish tariqasida ko‘rib chiqamiz. Buning uchun o‘qishga doir qo‘llanma ishlab chiqish lozim bo‘ladi. U o‘z ichiga modulning maqsadini oladi.

Maqsad - o‘quvchilarda O‘zbekistonda respublika darajasida va butun dunyoda foydalaniladigan marketingga oid aloqa vositalari va texnikalar to‘g‘risidagi bilim va tushunchalarni rivojlantirishdan iborat. O‘quvchilar eng muhim nazariyalarni va asoslarni o‘rganadilar hamda ularni real misollar bilan, jumladan, o‘zlari kundalik hayotlarida to‘qnash kelishlari mumkin bo‘lgan marketingga oid aloqalar bilan bog‘lashlari mumkin bo‘ladi.

Siz o‘quvchilarni turli tashkilotlarning marketingga oid aloqalarini ko‘rib chiqishga va ularning o‘z aloqa maqsadlariga erishish uchun turli marketing kanallaridan qanday foydalanishlarini tushunishga undashingiz lozim bo‘ladi. Amaliyot nuqtai nazaridan o‘quvchilar o‘z tanlovlariga ko‘ra tashkilot uchun aloqaviy maqsadlarni ishlab chiqa olishlari, kanal va aloqaviy maqsadlarga mos keladigan kontentni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni bilishlari lozim. Shuningdek, ular aloqaviy strategiyani, kanal tanlovini va ijodiy kontentni baholay olishlari kerak bo‘ladi.

O‘quvchilarga modulni bilishlari va tushunishlarini namoyish etishlari uchun turli tashkilotlarni hamda ularning marketingga oid aloqalarini tadqiq qilish va muhokama qilishlari uchun ko‘plab imkoniyatlar taqdim etilishi zarur.

Mazkur modulni yakunlash uchun o‘quvchilaringizga internet, jurnallar va kitoblarni o‘z ichiga oladigan bir qator tadqiqot materiallaridan foydalanish imkoniyati taqdim etilishi lozim.

Siz mazkur modulda o‘qitishning turli usullaridan foydalanishingiz mumkin, masalan:


  • muhokama – marketingga oid aloqalar, ularning turli tashkilotlarda qo‘llanilishi va ularning muhimligini sinfda va kichik guruhlarda muhokama qilish;

  • mustaqil va guruhli taqdimotlar – marketingga oid aloqalarni va tashkilotning muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi bilan bog‘liqligini qamrab oladi;

  • keys-stadilar va videokliplar – biznesdagi marketingga oid aloqalarni tasvirlaydi;

  • marketingga oid aloqalarga taalluqli bo‘lgan OAV materiallari va jurnallardagi maqolalar;

  • internet – marketingga oid aloqalarga doir suhbatlar va videoroliklar.

Guruhlardagi mashq o‘qitishning maqbul shakli hisoblanadi, biroq siz har bir o‘quvchi baholash uchun yetarli darajadagi o‘zining shaxsiy dalillarini taqdim etayotganiga ishonch hosil qilishingiz lozim. O‘qitish maqsadlariga erishish.

A - o‘qitish maqsadi uchun o‘quvchilarning turli marketing kanallarini va ularning aloqaviy maqsadlarga xizmat qilishini tushunishlari muhim hisoblanadi. Siz o‘quvchilardan o‘zlarining marketingga oid aloqalar sohasidagi bilimlarini muhokama qilishlari va o‘z g‘oyalarini sinf bilan o‘rtoqlashishlari uchun kichik guruhlarda ishlashlarini so‘rashingiz mumkin.

O‘quvchilarga turli tashkilotlar uchun marketingga oid aloqalar to‘g‘risidagi va ularning tashkilotga qanday ta’sir etishi mumkinligi to‘g‘risidagi bilimlarini o‘rtoqlashishni taklif etish orqali mavzuni ochib bering. Tarmoqda bir qator tashkilotlar uchun marketingga oid aloqalarni tasvirlab beradigan marketing aloqalarining ko‘plab misollari mavjud. Guruhli bahs-munozaralarni o‘tkazish uchun mavzuga oid tadqiqotlardan va ssenariylardan ham foydalanish mumkin. Muhokama qilish va o‘z shaxsiy misollarini qo‘shishlariga imkoniyat berish maqsadida sinfga samarali va samarasiz marketingga oid aloqalarning misollarini keltirish lozim.

Marketingga oid aloqalarni muhokama qilish uchun mahalliy va milliy korxonalardan spikerlar taklif etilishi mumkin. O‘quvchilarga spikerlar kelguniga qadar marketingga oid aloqalar va ularning tashkilotga qanday foyda keltirishi mumkinligi haqida savollar tayyorlash topshirig‘i berilishi lozim. Bu o‘quvchilarning mazkur faoliyatdan maksimal natija olishlarini kafolatlashi kerak bo‘ladi.

V va S o‘qitish maqsadlari uchun o‘quvchilarning tashkilot uchun marketingga oid aloqalarni ishlab chiqa olishlariga, shuningdek kanalga va mazkur aloqaviy maqsadlarga mos keladigan kontentni yarata olishlariga ishonch hosil qiling. O‘quvchilarni tashkilotlar uchun yaxshi marketingga oid aloqalarning qadr-qimmatini mustaqil o‘rganishlariga va o‘z xulosalarini guruh bilan o‘rtoqlashishlariga undang.

O‘quvchilarga o‘zlarining shaxsiy marketingga oid aloqalarini ishlab chiqishlaridan avval marketingga oid aloqalarni tadqiq qilish imkoniyatini beradigan keys-stadilar taqdim etilishi mumkin.

D - o‘qitish maqsadi uchun o‘quvchilarning o‘z individual tanqidiy baholashlarini yakunlashlaridan avval tanqidiy baholanishni amaliyotda o‘taganlariga ishonch hosil qiling.


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin