ot reja: Ot so’z turkumi haqida umumiy ma’lumotlar Atoqli va turdosh otlar (Common and Proper Nouns) Donalab sanaladigan va donalab sanalmaydigan otlar (Countable and Noncountable Nouns) Otlarda son (Number) Qo’shma otlar ko’pligi ot



Yüklə 28,16 Kb.
səhifə3/5
tarix03.08.2023
ölçüsü28,16 Kb.
#128633
1   2   3   4   5
ot reja Ot so’z turkumi haqida umumiy ma’lumotlar Atoqli va tur

Sanalmaydigan otlar

  • faqat bir shaklga ega birlik shaklidagi fe’llar bilan keladi;

  • oldidan a, an yoki one so‘zlari aniqlovchi sifatida kelmaydi;

  • oldidan aniqlovchi sifatida much ishlatilishi mumkin;

  • oldidan aniqlovchi sifatida some kelishi mumkin;

  • oldidan amount of qo‘llanishi mumkin;

1. Donalab sanaladigan otlarni sanab bo‘ladi. Ular birlik va ko‘plikda
ishlatiladi: a pen — two pens, three pens.
I’ve bought a book. Men (bitta) kitob sotib oldim.
I’ve bought two books. Men ikkita kitob sotib oldim.
There is a library in this street. Bu ko‘chada kutubxona bor.
There are very many libraries in Tashkent. Toshkentda ko‘p kutubxonalar bor.
Birlikda kelgan donalab sanaladigan otlar yakka o‘zi ishlatilmaydi. Ularning oldidan a, the, my, Olim’s (artikl, egalik olmoshlari yoki qarat qich kelishigi qo‘shimchasini olgan otlar) dan biri keladi: I want a banana. (I want banana deb bo‘lmaydi).
2. Moddiy va mavhum otlar donalab sanalmaydigan otlardir. Ular
faqat birlikda ishlatiladi: Coal is produced in many districts
of our country. Mamlakatimizning ko‘pgina tumanlarida ko‘mir qazib olinadi.
Knowledge is power. Bilim — kuchdir.
Donalab sanalmaydigan otlar yakka o‘zi kelishi mumkin:
I eat rice every day. Men har kuni guruch yeyman.
3. Ba’zi moddiy otlar shu moddadan yasalgan buyumni ifodalab donalab sanaladigan otga aylanadi:
He carried a brick (two bricks) in each hand.
U har bir qo‘lida bittadan (ikkitadan) g‘isht ko‘tarib keldi.
Our house is built of brick. Uyimiz g‘ishtdan qurilgan.
The boy threw a stone (two stones) into the water.
Bola suvga bitta (ikkita) tosh otdi.
The ground was as hard as stone. Yer toshdek qattiq edi.
4. Ba’zi moddiy otlar shu moddaning har xil navini yoki turini ifodalab,
donalab sanaladigan otga aylanadi:
It is a good wine. Bu yaxshi vino.
He prefers Caucasian wines to Crimean wines. U Qrim vinolaridan ko‘ra Kavkaz vinolarini afzal ko‘radi.
We export lubricating oils. Biz moylovchilarni eksport qilamiz.
Muayyan turdagi otlar odatda doim sanaladigan bo‘ladi.

Yüklə 28,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin