XULOSA
Maktabda o‘quvchilarga faqat umumiy ta’lim berish bilan cheklanilmaydi, unda boshlang‘ich ta’limning zaruriy sharti bo‘lgan mustaqil fikrlash, ijodiy qobiliyat, mavzuni o‘zlashtirish ko‘nikmasi ham rivojlantirilib, har bir darsga ta’limiy-tarbiyaviy yondashish hissi shakllantiriladi va kamol toptiriladi. O‘quvchilarga ta’lim berishda asosiy maqsad ular ongiga fan asoslarini puxta singdirish orqali ularni diyonatli, e’tiqodli qilib o‘stirish, ijtimoiy hayotdagi har bir hodisaga ongli yondashishni tarbiyalash, egallangan bilim va ko‘nikmalarni hayotga tatbiq etish qobiliyatini o‘stirishdan iboratdir. Bu jihatdan ham ona tili darslari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jamiyatimiz olg‘a surayotgan yuksak g‘oyalar ruhida tarbiyalash vositasi hisoblanadi. Bunda eng avvalo ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtirom, tilni chuqur o‘zlashtirish qobiliyatini shakllanadi. Bunda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘rni va ahamiyati juda katta zaruriy hodisa hisoblanadi. Buning uchun oldindan hal qilinishi zarur bo‘lgan pedagogik masalalarni aniq belgilab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur kurs ishi natijasida biz quyidagi xulosalarga keldik:
- boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilar bilimini oshirishda boshlang‘ich ta’lim mazmun-mohiyati bilan katta imkoniyatlarga ega.
- ona tili darslarida ot so‘z turkumlarini o‘rgatishda tilning asl mohiyati, mazmuni kabi tushunchalar singdirib boriladi.
- boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumlarini o‘rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiya usullari yordamida darsni tashkil etish yaxshi samara beradi.
Bu borada ta’lim-tizimiga texnologik yondashuv, yangi pedagogik texnologiyalardan, boshlang‘ich ta’limning eng ilg‘or tajribalaridan o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENT ASARLARI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi. Toshkent. 2017y. 22.12. www.uza.uz.
Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. T.: 2017-yil.
Mirziyoyev Sh. “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarori.
Mirziyoyev.Sh.M. “Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. –Toshkent : “O‘zbekiston”. 2016
Mirziyoyev.Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” – Toshkent: “O‘zbekiston”. 2017
Dostları ilə paylaş: |