Ot so‘z turkumini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stirish



Yüklə 73,53 Kb.
səhifə3/12
tarix10.12.2023
ölçüsü73,53 Kb.
#139340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi mavzu “ot so‘z turkumini o‘rganish jarayonida o‘quvch-fayllar.org

_______________________________________________________________________________________________________________________________________


Ilmiy rahbari:
_______________________________ ___________________

(ilmiy darajasi, unvoni F.I.SH.) (imzo)


“___” ___________ 2022-y.

MAVZU: “OT SO‘Z TURKUMINI O‘RGANISH JARAYONIDA O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISH”
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………5
I.BOB.ONA TILI O‘RGATISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI.
    1. Mustaqil so‘z turkumlari haqida ma’lumot…………………..7


    2. Ona tili o‘quv dasturida “Ot” ni o‘rganish tizimi……………..15


Bob bo‘yicha xulosa……………………………………..21


II.BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA OT MAVZUSINI O‘RGANISH.
2.1. 1-2-sinf ona tili darsligida “Ot” mavzusini o‘rgatish…………………….24
2.2. 3-4-sinf larda pedagogik texnologiyalar asosida “Ot” ni o‘rgatish
metodikasi……………………………………………………………………...28
2.3. Dars reja- ishlanmalar…………………………………………………….33
Bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………………..36
XULOSA…………………………………………………………………….37
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………38

KIRISH
Rеspublikаmiz Prеzidеnti SH.Mirziyoyevning: “Xalq irodasi bilan tanlangan yo‘l” mavzusidadagi 12-chaqiriq O‘zbekiston Oliy Kengashining Birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqi “Birinchi navbatda inson ehtiyoj va talablari, jismoniy va ma`naviy yuksalishi respublikada bo‘lajak milliy-davlat va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning markazida bo‘lishi shart”1,-deb ta`kidlaydi va ta`lim-tarbiya ishlari sifatini ko‘tarish vazifasini qo‘yadi.. «Ta’lim to‘g‘risidа»gi Qоnundа “Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir”2,- deb ta`kidlab ko‘rsatildi.
Ta’limning 9 qismdan iborat tamoyillari belgilab berildi. Demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borayotgan mustaqil respublikamizda dasturda belgilab berilgan vazifalarni izchil amalga oshirib borishga erishilmoqda.davlatimiz raxbarining xar bir asarlarida yosh avlodga ta’lim tarbiya berish masalasi va bu yo‘lda qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar xaqida to‘xtalib o‘tiladi. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” аsarida “Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi dеb e’lon qilganmiz. Komil inson dеganda biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay Taraqqiyotning omili ma’naviyatli xalq, ma’naviyatli millat, ma’naviyatli shaxs, ma’naviy yetuk inson qo‘lida bo‘lishi lozi mligi bugungi hayot tarsi va uning rivoji ko‘rsatib turibdi. Yordamchi mehnat ta’limi maktabi «Ona tili o‘qish va nutq o‘stirish» dasturining muhim ko‘rsatmalaridan biri nutq va tafakkurni o‘stirishdir. Buning uchun o‘quvchilarni faol mustaqil ishlash, nutqi va tafakkurini o‘stirish, faol o‘ylash, fikr yuritish, tushuntira bilishga o‘rgatish, muhokama-mulohaza yuritishga, xulosa chiqarish va umumlashtirish usullaridan foydalana olishga o‘rgatish talab etiladi
Bugungi kunda jahon ta’lim tizimining rivojlanishi dinamikasi ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quvchining mustaqil shaxs sifatida erkin faoliyat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida bir qator muhim izlanishlar olib borish, jiddiy qadamlar qo‘yishni taqozo qilmoqda.Biz bo‘lajak o‘qituvchilar bu borada mas’uliyatni chuqur his qilmog‘imiz, erkin fikrli, mustaqil barkamol avlodni, komil insonni voyaga etkazishimiz lozim. Bu o‘rinda shuni aytish lozimki, boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumini o‘rgatish orqali o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirishga, so‘zamon bo‘lishga, o‘z fikrini mustaqil bayon qilishga erishmog‘imiz lozim.Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumini o‘rgatishda interfaol usullardan samarali foydalanish o‘quvchilar faolligini oshirish, lug‘atini boyitish, ona tili faniga bo‘lgan qiziqishini ta’minlaydi.Interfaol usullar haqida ko‘p fikr-mulohazalar bo‘lmasa-da, ammo boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumini o‘rgatishda interfaol usullarni qo‘llash tadqiq qilinmagan.
Kurs ishining maqsadi - boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumini o‘rgatishning samarali vosita va usullarini aniqlash.
Kurs ishining ob’ektini – boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumini o‘rgatish metodikasining tutgan o‘rni deb belgiladik.
Kurs ishining predmetini – boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumini o‘rgatishda interfaol usullardan foydalanish jarayoni etib oldik. Belgilangan maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalarini belgilab oldik:
  1. Muammoning pedagogik–metodik jihatlarini tavsiflash;


  2. Tadqiqotga oid adabiyotlarni o‘rganib chiqish va tahlil qilish;


  3. Ilg‘or o‘qituvchilar tajriba-sinov ishlarini o‘rganib ishga tadbiq etish;


  4. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumini o‘rgatishning o‘ziga xos usullarini, pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklarini aniqlash va tajriba-sinov ishlarida tahlil qilish.






Yüklə 73,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin