O'timli va o'timsiz fe'llar haqida ma'lumot



Yüklə 22,47 Kb.
səhifə1/2
tarix24.11.2023
ölçüsü22,47 Kb.
#134050
  1   2
она тили

Fe'l nisbatlari


Reja:

  1. O'timli va o'timsiz fe'llar haqida ma'lumot.


  2. Fe'llardagi o'timli va o'timsizlik ma'nosining ifodalanish usullari.


  1. Fe'l nisbatlari haqida ma'lumot.


  2. Fe'l nisbatlarining ko'rinishlari va ularning yasalishi.


  1. Fe'llardagi bo'lishli va bo'lishsizlik tushunchasi haqida


Bo'lishsiz fe'llardagi bo'lishsizlik ma'nosining ifoda shakllari


Fe'ldan anglashilgan harakatning tushum kelishigi formasidagi ot bilan (yoki otlashgan so'z bilan) ifodalangan predmetga o'tganligini bildiradigan fe'llar o'timli fe'l deyiladi, masalan: so'radi (qiyoslang: kitobni so'radi, onasini so'radi); uxlatdi (qiyoslang: bolasini uxlatdi.).
Biron predmetga bevosita o'tmaydigan harakatni anglatadigan fe'llar o'timsiz fe'l sanaladi. Masalan: Otlar jon-jahdi bilan yugura ketdi (Ё.SH.)
O'timli fe'l ba'zan chiqi shva jo'nalish kelishigi formasida qo'llagan otlar bilan bog'lanib keladi, qiyoslang: oling (nonni oling, nondan oling); minmoq otni minmoq, otga minmoq).
Fe'dagi o'timli – o'timsizlik 2 usul bilan ifodalanadi:
  1. leksik-semantik; 2) morfologik (affiksasiya) usullari.


Birinchi usulda fe'llar hech qanday shakl o'zgarishsiz (o'zak- negiz holatida) o'z leksik ma'nosiga ko'ra yo o'timli (m: och, ich, qo'y, so'ramoq, bo'yadi kabi), yo o'timsiz (m: uxla, semirmoq, og'ridi kabi) sanaladi.


Ikkinchi usulga ko'ra fe'l o'zak-negiziga qo'shilgan ayrim qo'shimchalar (o'zlik majhullik. Orttirma nisbat qo'shimchalari) fe'lning o'timli yoki o'timsiz ekanini belgilab beradi. Qiyoslang: yur – o'timsiz fe'l, yurgiz– o'timli fe'l (uning tarkibida orttirma nisbat qo'shimchasi -giz qo'llangan); aksincha, yech – o'timli fe'l, ammo undan hosil qilingan yechin, yechildi kabilar o'timsiz fe'llar bo'lib, fe'l tarkibidagi –in (o'zlik nisbati qo'shimchasi) –il (majhullik nisbati qo'shimchasi) o'timli fe'lni o'timsiz fe'lga aylantirgan.
Agar bir fe'l o'zak-negizga ikki va undan ortiq nisbat ketma-ket qo'shilgan bo'lsa, bunday fe'ning o'timli yoki o'timsizligi eng keyin qo'shilgan nisbat qo'shimchasi orqali belgilanadi, masalan: yech – o'timli, yechin – o'timsiz, yechintir – o'timli, yechintirildi - o'timsiz fe'l.
O'timli va o'timsiz fe'llarni shakllantiruvchi qo'shimchalar qatoriga kiritiladi.

Ish-harakatning bajaruvchisi (sub'yekti) bilan predmeti (ob'yekti) orasidagi yoki bir necha bajaruvchi (sub'yektlar) orasidagi munosabatning ifodalanishi fe'l nisbati deyiladi ta'rifini qanday tushinish lozim?


Quyidagi misollardagi ajratib ko'rsatilgan fe'l va u aloqador bo'lgan so'zlarning ma'no va grammatik xususiyatlariga e'tibor bering:
1. Mehnatni sevgan kishi unadi. Bunga harakat (unadi, o'sadi) grammatik jihatdan ega vazifasini bajargan shaxs (kishi) tomonidan bajarilganlik ma'nosi anglatiladi.
Ana shu xildagi gap qurilishi tilshunoslikda aktiv konstruksiya (faol qurilma) deb yuritiladi, bunday gap tarkibida qo'llangan fe'l kesim esa aniq nisbat shaklidagi fe'l sanaladi. Bunday fe'l shaklida maxsus nisbat ko'rsatkichi bo'lmaydi, shuning uchun ham u boshqa nisbat shakllarini hosil qilish uchun asos bo'la oladi (qiyoslang: undi, undirdi kabi).
2.Salima maktabga otlandi.
Bu gapdagi otlandi fe'li harakatni bajaruvchi ham. Uning ta'siri, tayziqi ostida qoluvchi aynan bir shaxsning (Salima) o'zi ekani ma'nosini anglatadi. Bu fe'l tarkibidagi -lan qo'shimchasi, birinchidan, yasama fe'lni hosil qildi, ikkinchidan, shu fe'lning o'zlik nisbat shaklini hosil qildi.
Demak o'zlik nisbatida harakatning sub'yekti bilan ob'yekti bir shaxsning o'zi bo'ladi.
3. Chiroq o'chirilgan. Bu gapda chiroq so'zi grammatik jihatdan ega vazifasini bajargan, ammo u harakatning (o'chirilgan) bajaruvchisi (sub'yekti) emas, ob'yekti sanaladi; bajaruvchisi
(sub'yekti) emas, ob'yekti sanaladi, harakatning haqiqiy bajaruvchisi (sub'yekti) noaniq, mavhum.
Bunday qurulish (konstruksiya)dagi gaplar tilshunoslikda passiv konstruksiya deb yuritildi. Mavhumlik, noaniqlik tushunchasini anglatadigan -il qo'shimchasi majhullik nisbati qo'shimchasi sanaladi.
4. Avaz bilan Xulkar tiniq suv bo'yida ovqatlanishdi. (P.Q.).
Bu misoldagi ovqatlanishdi fe'li harakatning sub'yekti (egasi -bajaruvchisi) ikki nafar shaxs (Avaz, Xulkar) ekanini, harakat ular tomonidan birgalikda bajarilganligini ifodalaydi. Bunday ma'no fe'l tarkibidagi -ish qo'shimchasi vositasida shakllangan. Demak, harakat bir necha (ikki undan ortiq) shaxs tomonidan birgalikda bajarilganligini ifodalovchi fe'l birgalik nisbatda deb qaraladi.
5.Nilufar 10 tomchi dorini piyolaga tomizdi va bemorga ichirdi. Bunda tomizdi harakatining ob'yekti dorini; ichirdi harakatining ob'yekti vasub'yekti bemorga bo'lib, ular grammatik sub'yekt -ega (Nilufar) vositasida, uning ta'siri, aralashuvi yordami bilan amalga oshganlik tushunchasi berilgan. Bunday tushuncha tomizdi fe'li tarkibidagi -iz; ichirdi fe'li tarkibidagi -ir qo'shimchalari orqali ifodalangan. Bu qo'shimchalar orttirma nisbat qo'shimchalari sanaladi. Demak, fe'lda 5 xil nisbat bo'lib, aniq nisbatda maxsus nisbat shaklini hosil qiluvchi qo'shimcha bo'lmaydi.
O'zlik nisbati fe'l o'zak - negiziga asosan, -i, -in (o'ra -n, yuv in); -l, -il (surka-l, cho'm-il); -lan (jon-lan, shod-lan) qo'shimchalarini majhullik nisbati fe'l o'zak negiziga -l, -il (bor-il-di); birgalik nisbati fe'l o'zak-negiziga -sh, -ish (so'zla-sh-di, sug'or-ish-di), -lash (suhbatlashdi) qo'shimchalarini; orttirma nisbati fe'l o'zak-negiziga -t (M: qisqar-t, boyi-t); -dir (sez-dir, kul-dir), -ir qo'shimchasi (tush-ir, ich-ir, shosh-ir); -ar (chiq-ar, qayt-ar); -g'iz, -qaz, -kaz, -qiz, -kiz (tur-g'iz, o't-kaz); -iz (oq-iz, tom-iz); -sat (ko'rsat) qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil qilinadi.
Fe'l nisbatlarini shakllantiruvchi qo'shimchalar forma yasovchi qo'shimchalar qatoriga kiradi.


Ish-harakatning bajarilishi (voqe bo'lishi) haqidagi tasdiq yoki inkor tushunchalari fe'ldagi bo'lishlilik yoki bo'lishsizlik ma'nosi ma'nosini ifodalash uchun asos bo'ladi shuning uchun ham bajariladigan (bajaralayotgan, bajarilgan) ish-harakatni anglatuvchi fe'llar bo'lishli fe'l deyiladi.
Masalan: ol, ol, ishlat, o'rganib, ko'rgan, o'qisa, bilindi...
Bajarilmaydigan (bajarilmayotgan, bajarilmagan) ish-harakatni anglatuvchi fe'llar bo'lishsiz fe'l deyiladi.
Masalan: ishlatma, borma, ko'rmagan, eshitmasdi, o'qimasa, bilinmadi, bilingan emas…
Bu fe'llar tarkibidagi -ma, -mas qo'shimchalari, emas so'z shakli bo'lishsiz fe'llarni shakllantirgan; ularni tushirib qoldirsak, bo'lishli fe'llar holatiga aylanadi.
Demak, bo'lishlilik ma'nosini ifodalaydigan maxsus grammatik vositalar (ko'rsatgichlar) yo'q, ammo bo'lishli fe'llardan ularning bo'lishsiz shakllarini hosil qiladigan vositalar mavjud. O'zbek tilida bo'lishsizlik ma'nosi birinchidan, -ma (o'qima, o'tkazma, aytmagach, bajarilmadi–) -may (qiyoslang: qiynalib – bo'lishli, qiynalmay – bo'lishsiz); -mas (qiyoslang: ishlar –bo'lishli, ishlamas – bo'lishsiz) qo'shimchalari vositasida; ikkinchidan, emas, yo'q so'zlari (o'qigan emas, borgani yo'q kabi) yordamida; uchinchidan, -na so'zini uyushiq bo'lak sifatida qo'llangan bo'lishli fe'l oldidan keltirish orqali (M: na o'qidi, na yozdi) ifodalanadi.
Uyushiq holda qo'llangan bo'lishsiz fe'llardan oldin kelgan na so'zi uning ma'nosini qo'shadi (m: na o'qimaydi, na ishlamaydi...)
Takrorlangan fe'l formalarining birinchi tarkibidagi -a, -ya yuklamalaridan mosini qo'shib, talaffuz qilinganda ham bo'lishli fe'l bo'lishsiz fe'lga aylanadi. (m. keladi-ya, aytasan-a, aytasan kabi)

Yüklə 22,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin