O’tror mudofaasi mo’g’ullar istilosi davrida Xorazmshohlar davlatiga qarashli O’tror shahrini qahramonona mudofaa qilinishi



Yüklə 8,81 Kb.
tarix15.10.2023
ölçüsü8,81 Kb.
#130218
O’TROR MUDOFAAS-WPS Office


O’TROR MUDOFAASI — mo’g’ullar istilosi davrida Xorazmshohlar davlatiga qarashli O’tror shahrini qahramonona mudofaa qilinishi (1219 yil sentyabr — 1220 yil mart). Muhammad Xorazmshohning O’trordagi noibi Inolchik tomonidan mo’g’ul savdogarlarining o’ldirilishi va molmulklarining musodara etilishi (1218 yil) O’rta Osiyoga istilochilik yurishini boshlash uchun Chingizxonta bahona bo’lgan. 1219 yil sentyabr da mo’g’ullar shaharni qamal qilishga kirishganlar. Inolchiq ixtiyorida shahar mudofaasi uchun 20 ming kishilik qo’shin bor edi. Shuningdek, Muhammad Xorazmshoh O’trorga Qoracha Hojib boshliq 10 ming askarni ko’mak uchun jo’natgan edi. Shaharni osonlik bilan egallash mushkulligini fahmlagan Chingizxon o’g’illari Chig’atoy va O’qtoy boshchiligidagi qo’shinlarining bir qismini qoldirgan. Shundan so’ng lashkarining asosiy kuchlarini 3 qismga bo’lgan: birini u katta o’g’li Jo’jixon boshchiligida O’trordan shimoldagi Jand va Barchinlig’kentni bo’ysundirishga yuborgan, ikkinchisini — uloq no’yon va Suketu cherbi boshchiligida O’trordan Janubdagi Banokat bilan Xo’jandni bosib olishga jo’natgan. O’zi esa kichik o’g’li Tuli va mashhur Jebe no’yon va Subutoy bahodirlar bilan Buxoroga qarab yurgan. Manbalarga ko’ra, O’tror qamali 5 oy davom etgan. Mo’g’ullar shaharga oqib kiruvchi ariqlarni ko’mib tashlashgan, manjaniqlardan shaharga qarata tosh va yonuvchi moddalar irg’itganlar, qo’rg’on atrofidagi xandaqlar tuproq hamda shoxshabbalar bilan to’ldirilgan, devorlar ostidan lahimlar qazilgan, tevarak-atrofdagi dovdaraxtlar kesilib, uzun, ulama qamal shotulari yasalgan. O’tror mudofaasi davrida nafaqat qamaldagilar, balki mo’g’ullar ham katta talafot ko’rishgan. Qamaldagilarning safi kundan kun siyraklashib, oziq-ovqat tanqisligi kuchaygan. O’tror mudofaasining eng og’ir paytida Qoracha Hojib shaharni mo’g’ullarga topshirishni taklif qilgan, ammo Inolchiq bu taklifni rad etgan. Shunda Qoracha Hojib o’ziga qarashli 10 ming askari bilan So’fiyxon (So’fixona) darvozasidan chiqib mo’g’ullarga taslim bo’lgan. Biroq xiyonatkorlikni mo’g’ullar ham kechirishmagan, ular Qoracha Hojib va uning askarlarini qatl etishgan. Mo’g’ul qo’shini manjaniq va arrodalar yordamida shahar devorlaridan raxnalar ochib ichkariga yopirilib kirgan. Inolchiq 20 ming askari bilan shahar ichidagi mustahkam qal’aga kirib olib, yana 1 oy davomida son jihatdan o’zidan bir necha yuz Barobar ortiq g’anim bilan qahramonona jang qilgan. Chig’atoy Inolchiqni tiriklayin ushlashni buyurgan. Chig’atoy va O’qtoy uni qo’lga olib Samarqandga Chingizxon huzuriga keltirganlar. O’tror mudofaasi rahbari beshafqat qatl etilgan.
Yüklə 8,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin