Hisob tarifini ishlab chiqish «O‘TY» AJ ijro etuvchi organi (Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi nomidan) bilan MTU o‘rtasidagi yuk tashish uchun kerak (tarif 10 ekspl.tonna-km aniqlanadi).
YUk tashishga hisob tariflari kelgusi kvartalga bashoratlash ma’lumotlari asosida shakllanadi.
Hisob tarifi temir yo‘l kompaniyasi buyurtmasi bo‘yicha tashishdan daromad bashorati summasining (2.1.1 bob) eksplutatsiya tonna-km hajmiga bo‘lish orqali topiladi(∑pl):
RT=Dz/ ∑pl *10, so‘m
Kurs ishida talaba hisob tarifini Ilovada berilgan ma’lumotlar asosida aniqlaydi. Keyin hisobot bo‘yicha bajarilgan ekspluatatsiya yuk aylanmasi uchun temir yo‘l kompaniyasidan MTUni moliyalashtirish hajmi ajratiladi. Tahlil jarayonida MTU daromadining bashorat va hisobot miqdorlari o‘rtasidagi farq sabablari aniqlanadi va MTU daromadlarini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
MUNDARIJA
Kirish
1.Nazariy qism
«O‘TY» AJ moliyasini tashkil qilishning huquqiy asoslari
Temir yo‘l transporti kompaniyasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining moliyaviy istiqbol rejasini ishlab chiqishning huquqiy asoslari
«Yo‘lreftrans» AJ moliyasi: maqsad va vazifalari, huquqiy nizomi moliyasini tashkil etish xususiyatlari; moliyaviy resurslarning shakllanish manbalari. Korxona xarajatlarini moliyalashtirish tartibi; daromadlar va rentabellikni oshirish yo‘llari