2.1.3. Boshqa daromadlar bashorati
MTU boshqa daromadlari ro‘yxati etarlicha keng. Ularga quyidagilar kiradi:
YUk tashish bo‘yicha MTU stansiyalari mahalliy daromadlari, bular esa o‘z navbatida MTU hududidagi stansiyalardan kelib tushadi;
Boshqa operatsion daromad (jarima)lar, shu jumladan, penyalar.
YUqorida keltirilgan MTU chegaralaridagi boshqa bo‘linmalaridan tashqari chiziqli stansiyalarning yordamchi-ko‘makchi faoliyatidan daromad;
MTU bo‘linmalariga yo‘lovchi tashish harakatlanuvchi tarkiblarga xizmat ko‘rsatuvchi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ dan tushadigan mablag‘.
Ularni bashoratlash tartibining farqi yo‘q. Bashorat MTU bo‘linmalarining yuk tashish va uning har bir birligiga tarif hisobi bo‘yicha bajarilgan boshqa ish va xizmatlar kvartal uchun rejalashtirish asosida tuziladi.
MTU bo‘yicha boshqa daromadlar summasi bashorati talabalarga kurs ishning Ilovasida alohida berilgan.
2.2. YUk tashish bo‘yicha yalpi foydaning umumiy qiymati bashoratini ishlab chiqish
YAlpi foydaning umumiy summasi bashorati «O‘TY» AJ buyurtmasi bo‘yicha yuk tashishdan daromad uchun aniqlanadi. Foydaning umumiy summasi yuk tashishdan foyda(Ppsr), boshqa operatsion daromadlar(POD) va moliyaviy faoliyat bo‘yicha foyda (PFD) yig‘indisi orqali aniqlanadi:
VP=Ppsr+POD+PFD, ming, so‘m
Tashishdan foyda tashishdan tushgan sof foydadan ishlab chiqarish xarajatlari ayirmasi olib tashlash orqali aniqlanadi.
Tashishdan foyda tashishlardan sof tushum va reja kvartalida bu tashishlarga ishlab chiqarish xarajatlari. Boshqa operatsion daromadlar mahsulotlarni (ish, xizmat) ishlab chiqish va sotish bo‘yicha va moliyaviy natijalarni shakillantirish tarkibi 2.9-modda V bo‘limi xarajatlar tarkibi haqidagi nizomga mutanosib ravishda bashoratlanadi. Moliyaviy faoliyatdan foyda bashorati rejalashtirilgan kvartalda ushbu faoliyat turiga daromadlar va xarajatlar farqi orqali aniqlanadi. O‘zR ushbu me’riy-huquqiy akti bo‘yicha moliyaviy faoliyatdan daromadlar tarkibiga (Xarajatlar tarkibi haqidagi nizom v.3 bo‘lim) quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi boshqa xo‘jalik sub’ektlarining faoliyatida ulushli ishtirokdan MTU daromadlar;
Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan daromadlar;
SHo‘‘ba korxonalariga, vositalarni qayta bashoratlashdan daromadlar;
Moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar.
Moliyaviy faoliyatdan xarajatlar quyidagi moddalarni o‘z ichiga oladi (xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizom, B2-bo‘lim):
foizlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar;
sho‘‘ba korxonalariga vositalarni qayta bashoratlashdan zararlar.
YAlpi foydaning umumiy qiymati bashorat hajmi davr xarajatlarini moliyalashtirish uchun, mamlakat byudjet tizimi oldida moliyaviy majburiyatlarni bajarishga, «O‘TY» AJ zahira fondiga badallar va MTU sof foydasini shakllantirish uchun etarlicha bo‘lish kerak.
YAlpi foydaning umumiy qiymatini tuzish uchun ma’lumotlar kurs ishi ilovasida keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |