«O‘TY» aj moliyasini tashkil etish asoslari reja



Yüklə 128,58 Kb.
səhifə9/13
tarix15.11.2023
ölçüsü128,58 Kb.
#132675
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O1

PJ=RP*25%, ming so‘m

Foydaga soliq stavkasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Ushbu soliq stavkasi xar yili kamaytirilib, bu esa mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaruvchilarga soliq og‘irligini uzluksiz kamaytirish qismida O‘zR soliq siyosati olib borilishidan dalolat beradi.


Foyda solig‘i to‘langanligi ma’lumotnoma bilan «O‘TY» AJ ga beriladi, chunki amal qilayotgan qonunga binoan temir yo‘l kompaniyasi bu soliqni markazlashtirilgan holda to‘laydi. Foyda solig‘i umumdavlat soliqlariga kiradi. Bu soliq O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga kelib tushadi.
YUksalish va infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq bashorati MTU tasarrufidagi foyda solig‘i to‘langanidan keyingi foyda (PRasp) bilan foizda belgilangan soliq stavkasi(SB) ko‘paytmasiga teng:


NBRS=PRasp*SB:100%

Bu soliq stavkasi so‘nggi yillarda o‘zgarmaganligi sababli 8%ga teng.


Agar MTU balansida ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari qayd etilgan bo‘lsa, u holda soliq stavkasi hisob-kitob yo‘li bilan kamayadi, chunki bu ob’ektlarni ta’minlash uchun korxona foydasi soliqqa tortiladigan bazadan olinadi. YUksalish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq mahalliy soliqqa tegishlidir. Soliq stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Lekin amal qilayotgan qonunga binoan ma’muriy hududiy bo‘linma hokimi bu soliq miqdorini kamaytirishi mumkin.
Ushbu kurs ishida talaba ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari MTU balansida mavjud bo‘lmaganligi sharti bilan soliqni bashorat qiladi.
«O‘TY» AJ zahira fondiga ajratmalar miqdori temir yo‘l kompaniyasining ijro etuvchi organi tomonidan yalpi foydaning umumiy summasidan foiz hisobida kvartal uchun tasdiqlanadi.
«O‘TY» AJ zahira fondiga ajratma bashorati yalpi foydaning umumiy summasi bashorati bilan tasdiqlangan miqdor ko‘paytmasiga teng:


RF=VP*N :100%,ming so‘m

Xozirgi sharoitda «O‘TY» AJ zahira fondining shakllanishi kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish va umum yo‘l ijtimoiy muhitini ta’minlash uchun kerak.


Bashorat talaba tomonidan 1-ilova ma’lumotlari orqali aniqlanadi.
Nizomga ko‘ra MTU o‘zining faoliyati bo‘yicha taqsimlanmagan foydani o‘zining zahira fondiga yo‘naltirishi mumkin [4 qar.].



Yüklə 128,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin