2.3. YUk tashish bo‘yicha sof foyda bashorati
MTU sof foydasi ishlab chiqarish potensialini rivojlantirish, zahirani tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur. YUk tashishlar bo‘yicha sof foyda bashorati MTU yalpi foydasining umumiy qiymati bilan operatsion xarajatlar (OR), foydadan soliq (N) MTU ning «O‘TY» AJ zahira fondiga badallar farqi sifatida aniqlanadi.
CHP= VP-OR-N’-RF, ming so‘m
Operatsion xarajatlar hajmi MTU 1,5 % stavkasida Respublika yo‘l fondiga, 1 % stavkasida byudjetdan tashqari, pensiya fondiga, hamda o‘z ishchilarini moddiy rag‘batlantirishni moliyalash oldida moliyaviy majburiyatlarni ta’minlashi lozim. Davlat maqsadi fondlariga ajratmalar bashorati MTU ni ko‘shimcha qiymat solig‘isiz mahsulot sotish hajmidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan stavkalar bo‘yicha aniqlanadi.Faoliyat yurituvchi krnunchiligi asosida Ushbu fondlarga ajratmalar markazlashtirilgan holda to‘lanadi. SHu bois MTU Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasiga ushbu fondlarga ajratmalar hisob-kitoblarini tuzadi va taqdim etadi.
MTU foydasiga foydaga soliq qiymati va xo‘jalik sub’ektining ijtimoiy infratuzilmasini obodonlashtirish va rivojlantirish qiymati kiradi.
Foyda solig‘i soliqqa tortiladigan foyda (NOP) va foizlarda belgilangan foyda solig‘i stavkasining (SP) ko‘paytmasi orqali aniqlanadi.
NP=NOP*SP: 100 %
Soliqqa tortiladigan foyda MTU ning rejalashtirilgan kvartalga (PJ) xarajatlar tarkibi haqidagi nizomning 1-ilovasi bo‘yicha yalpi foydaning umumiy qiymatini o‘z ichiga oladi.
NOP=VP*PJ
Bu xarajatlarga asosan MTU ishchilarga moddiy yordamni to‘lashga, engil xizmat transportlarni yollash va ta’minlash, aloqa tarmoqlari uchun pul to‘lash, auditor xizmatlarini to‘lash, ijtimoiy infratuzilmani ta’minlashga xarajatlar bashoratini o‘z ichiga oladi. Temir yo‘l transportida soliqqa tortish ko‘rsatkichlarini to‘liq hisob-kitoblari talabalarni yuqori kurslarda mutanosib ukuv fanlarini o‘rganishda ko‘rib chiqiladi. Ushbu nazorat ishida MTU xarajatlari 1-ilova bo‘yicha variantlar bo‘yicha davr xarajatlari (RP) va davr xarajatlarini 1 ilovasini «O‘TY» AJ ning 25 % teng o‘rtacha ulushi ko‘paytmasi sifatida bashoratlanadi.
Dostları ilə paylaş: |