Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasining tashkil etilishi



Yüklə 281,91 Kb.
səhifə19/65
tarix20.12.2022
ölçüsü281,91 Kb.
#121559
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65
2. Ozbekistonda arxiv ishi tarixi.OYBEK RASHIDOV

Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasining tashkil etilishi. Turkiston general-gubernatori huzuridagi kanselyariya general-gubernatorlik rasmiy hujjatlarini yuritish va jamlash maqsadida 1967-yilning noyabr oyida o‘lkaga tashrif buyurgan fon K.P.Kaufman tomonidan tashkil etilgan. Unda o‘lkaning Rossiya imperiyasi tomonidan mustamlakaga aylantirilishi, Turkistonda rus harbiy- ma’muriy boshqaruv tizimining o‘rnatilishi, o‘lkada ma’muriy-hududiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-madaniy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda qabul qilingan huquqiy hujjatlar va ularning amalga oshirilishi borasidagi chora-tadbirlarga oid rasmiy hujjatlar, o‘lka aholisi va ularning etnik tarkibiga oid statistik ma’lumotlar, mahalliy aholini ruslashtirish masallariga oid, o‘sha davrda tashkil etilgan davlat muassasalari tarixiga oid va boshqa rasmiy hujjatlari to‘plangan. Bunda shuningdek, general-gubernatorlikning Rossiya imperiyasi imperatori, Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari bilan olib borgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalariga oid hujjatlar ham o‘rin olgan.

Ushbu kanselyariya dastlab to‘rtta bo‘limdan iborat bo‘lib, ularning biri ya’ni sud ishlari bo‘limi bir necha yilgina faoliyat yuritgan. Shuningdek, kanselyariya tarkibida vaziyat taqozosi bilan vaqtincha tog‘-kon bo‘limi, harbiy yurishlar bo‘limi, qochoqlar stoli kabi bo‘limlar tashkil etilgan. Ushbu muhim masalalar kannselyariyaning doimiy mavjud bo‘lgan va qimmatli hujjatlarga boy 1-3 bo‘limlarida jamlangan.
Birinchi bo‘lim ma’muriy boshqaruv va inspektorlik xizmati masalalari bilan shug‘ullangan bo‘lib, bunda jami hujjatlar to‘rtta stolda taqsimlangan. Ushbu to‘rtta
stolning uchtasi asosan shaxsiy tarkib hujjatlarini, to‘rtinchi stol esa “sud ishlari va chet elliklar haqida”gi hujjatlarni yuritish va jamlash bilan shug‘ullangan.
Ikkinchi bo‘lim o‘lkaga hamda majburiyatlarga oid savollar masalasi bilan shug‘ullangan bo‘lib, hujjatlari beshta alohida stolda taqsimlangan. Ushbu bo‘linmada shuningdek, moliya va xo‘jalik bo‘linmasi faoliyat yuritgan. Bunda yuqorida keltirilgan alohida yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar yuritilgan va jamlagan.
Uchinchi bo‘lim yer mulk va soliq ishlari bo‘yicha hujjatlarni yuritish bilan shug‘ullangan. Bunda shaharlar qurilishi va ularning hisob-kitob ishlarini yuritish alohida uchta stolda taqsimlangan.
Keltirib o‘tilgan bo‘limlardan general-gubernatorlik kanselyariyasida nazorat palatasi bo‘limi ham faoliyat ko‘rsatgan. Bunda Turkiston general-gubernatorligi hududida moliyaviy ishlarni nazorat qilish uchun tashkil etilgan komissiya a’zolarining ishlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi hujjatlar majmui jamlangan. Ushbu bo‘lim gubernatorlikda o‘lkaning moliya va soliq masalalari bilan shug‘ullanuvchi amaldorlari ishlarini nazorat qiluvchi taftishchilarning imperatorga bergan xabarnomalari, ma’ruzalari, hisobotlari, o‘rnatilgan tartib qoidalarni buzgan rus va mahalliy amaldorlarni javobgarlikka tortish bilan shug‘ullangan.
Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasining eng muhim bo‘limlaridan biri bu diplomatik aloqalar bo‘limi bo‘lib, unda gubernatorlikning qo‘shni davlatlar, xususan, Buxoro va Xiva xonliklari, Afg‘oniston, Qashg‘ar va boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalariga oid masalalar bilan shug‘ullangan. Kanselyariyaning ushbu bo‘limida shuningdek, diplomatik aloqalarga oid hujjatlar, xususan, Turkiston general-gubernatorligi qoshidagi diplomatik amaldor faoliyatiga oid rasmiy hujjatlar yuritilgan va saqlangan. Shuningdek, general-gubernatorlik kanselyariyasi huzurida Turkiston ommaviy bibliotekasi, muzeyi, “Turkestanskiye vedomosti” gazetasi va uning bosmaxonasi (1872-1881 yy.) faoliyat yuritgan.
Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi so‘nggi general-gubernator Kuropatkinning iste’foga chiqishi munosabati bilan o‘lkada yangi tashkil etilgan Turkiston Muvaqqat hukumati kanselyariyasiga aylantirilgan (1917 yil aprel oyida).
Shunday qilib, Turkistonning birinchi general-gubernatori fon Kaufman tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmida tashkil etilgan, O‘zbekiston tarixini yoritishda muhim ahamiyatga ega qimmatli manbalarni o‘zida jamlagan hujjatlar majmui – Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi hisoblanadi. Ushbu kanselyariya hujjatlari hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi I-1 Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi fondida saqlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan eng katta hajmli fondlardan biri hisoblangan ushbu jamg‘arma 35 ta ro‘yxat (opis)ga kiritilgan hujjatlardan iborat.

Yüklə 281,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin