Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Ikkinchi jahon urushi (1941-1945) yillarida O‘zbekistonda arxiv ishi



Yüklə 281,91 Kb.
səhifə25/65
tarix20.12.2022
ölçüsü281,91 Kb.
#121559
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65
2. Ozbekistonda arxiv ishi tarixi.OYBEK RASHIDOV

Ikkinchi jahon urushi (1941-1945) yillarida O‘zbekistonda arxiv ishi. 1941-yili yozidan boshlab SSSR qatorida O‘zbekiston SSR ham ikkinchi jahon urushi girdobiga tortildi. Urush tufayli O‘zbekistonga frontga yaqin hududlardan zavod-fabrikalar bilan bir qatorda oliy o‘quv yurtlari ham evakuatsiya qilindi. Ikkinchi jahon urushi munosabati bilan Toshkentga juda ko‘p olimlar, sharqshunoslar, tarixchi, tilshunoslar va boshqalar kelishdi. Natijada Sovet Ittifoqi va O‘zbekiston SSR olimlari o‘rtasida juda yaxshi ilmiy aloqa o‘rnatildi. 1940-yil yanvar oyida sobiq SSSR Fanlar Akademiyasining O‘zbekistondagi filiali ochildi. Uning tarkibida Tilshunoslik instituti, adabiyot, tarix va ijtimoiy yo‘nalishlarni yorituvchi sohalar shu jumladan, arxivshunoslik sohasi ham yo‘lga qo‘yildi.

Ikkinchi jahon urushi yillari O‘zbekiston SSRda arxiv ishi tarixida eng og‘ir davrlardan biri bo‘ldi. Adolatsiz urushning boshlanishi respublikamiz mehnatkashlarining dushmanga nafratini va Vatanga mehrini, vatanparvarligini kuchaytirdi. Bir necha arxivchilar ixtiyoriy ravishda frontga jo‘nab ketdilar. Arxiv tashkilotlari xodimlari dushmanni tezda tor-mor etishga, g‘alabaga erishishga qaratilgan ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etdilar. Toshkent shahar arxiv tashkilotlari jamoalari mudofaa jamg‘armasiga har oy o‘z maoshlarining 2 foizini o‘tkazib turdilar. Arxivchilar evakuatsiya qilingan gospital, bolalar uylarini otaliqqa oldilar. Ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatib bordilar. Bayramlarda sovg‘alar tashkil qilib, jangchilarga jo‘natib turdilar.
1941-yilda arxiv idoralarida 98 ta tashkilotning arxivlari tartibga keltirildi. Shu yili O‘zSSR Markaziy arxiv va Markaziy harbiy davlat arxivi 35 ming saqlov birligidagi hujjatlarni qabul qildi. 1942 yilda yuqorida tilga olingan arxiv va Toshkent viloyati davlat arxivlari tomonidan 65 mingga yaqin saqlov birligidagi hujjatlar qabul qilindi. O‘sha yillardagi arxiv sohasida olib borilgan ishlarning umumiy ma’lumoti quyidagicha edi. Ya’ni, 1940-yil respublika arxivlarida 1.263.786, 1942-yilda esa 1.710.177 saqlov birligiga oshdi. Boshqacha qilib aytganda ikki yilda arxiv saqlanmalari 0,5 mlnga yaqin hujjatlar bilan to‘ldirilgan.
Lekin keyingi yillarda hujjatlarni davlat arxiviga qabul qilish kamaydi. Arxivlarda hujjatlarni qabul qilish va saqlashga joy yetishmas edi. 1944-1945-yillarda davlat arxivlariga bor-yo‘g‘i 48 ming saqlov birligi qabul qilindi.
1942-yil noyabrda Toshkent shahrida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalari arxiv xodimlarining kengashi bo‘lib o‘tdi. Qabul qilingan qarorda bu respublikalar arxiv idoralarining hujjatlarni ehtiyot qilishni ta’minlash, tartibga solish va ulardan urush manfaatlari yo‘lida foydalanishda katta yutuqlarga erishgani etirof etildi. Shu bilan birga O‘zbekiston SSR arxiv idoralari ishida ayrim kamchiliklar mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, tuman davlat arxivlari inqirozga uchraganligi, zaiflashganligi, markaziy arxivlarda ishchilarning, arxivchilarning etishmasligi, O‘zSSRda kino-foto-fonohujjatlar davlat arxivi tashkil etilmaganligi ko‘rsatib o‘tildi. Kengash arxiv hujjatlarini ehtiyot qilish choralarini ko‘rish, ilmiy va tashviqot maqsadlariga hujjatlardan keng foydalanishni tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.
1941-yili O‘zSSR tarkibida Andijon, Namangan, Surxandaryo va keyinroq, 1943-yili Qashqadaryo viloyatlari tashkil etilishi munosabati bilan viloyat Ichki Ishlar Xalq Komissarligi (IIXK) boshqarmasida arxiv bo‘linmalari va viloyat davlat arxivlari tashkil qilindi.
Urush davrining qiyinchiliklariga qaramay, respublika hukumati arxiv ishini yaxshilash sohasida ancha ishlarni amalga oshirdi. O‘zbekiston SSR XKSning 1943- yil 18-fevral qarori bilan O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar Markaziy arxivi tashkil qilindi. Yangi tashkil qilingan kino-foto-fonohujjatlar Markaziy davlat arxivi 19441945-yillarda 15 mingdan ortiq fotohujjatlarni qabul qildi.
Urush sharoitida davlat arxivlari tartibga solinmagan arxivlarni, asosan frontga jo‘natilgan harbiy qismlar arxivlarini qabul qilishga majbur bo‘ldilar. Davlat arxivlarining asosiy vazifalaridan biri tartibga solinmagan arxiv jamg‘armalarini tartibga solish edi. Respublika davlat arxivlarida 1941-yili 100 ming, 1944-1945- yillarda esa 136 ming saqlov birligidagi hujjat tartibga solindi.
Arxiv hujjatlaridan foydalanish sohasida ham bir qator ishlar qilindi. Xalq xo‘jaligi maqsadida foydalanish uchun ko‘p hujjatlar topilib, tegishli tashkilotlarga
yuborildi. Bu hujjatlardan foydalanish tashkilotlarga ancha iqtisodiy samara keltirdi. Arxiv tashkilotlari “Frontga xatlar” va boshqa bir necha hujjatlar to‘plamlarini tayyorlashga kirishdilar. Arxivchilar tomonidan arxiv hujjatlari asosida yozilgan maqolalar gazeta va jurnallarda e’lon qilinib turildi. Arxiv o‘qish xonalarida bir necha yuzlab tadqiqotchilar ilmish ishlari uchun arxiv hujjatlaridan foydalandilar.
Shunday qilib, arxivchilar urush davrida ham faol mehnat qilishdi. Arxiv hujjatlarini ehtiyot qilib saqlash, hujjatlarni qabul qilish, tartibga solish, ulardan foydalanishni tashkil etish sohasida samarali ish olib borildi.

Yüklə 281,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin