Sohaga oid nizomlar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktyabrdagi (N482-sonli) “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori va unga 1-ilova qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risida”gi Nizom; shuningdek, 2-ilova “O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi", hamda 482-sonli qarorga 4-ilova "O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasa va tashkilotlardagi idoraviy Arxiv to‘g‘risida” gi Nizom; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2001-yil 29-yanvardagi 191-P-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekistondan chet elga olib ketilgan hamda xalq boyligi bo‘lgan arxiv hujjatlarini qaytarib olib kelish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi maxsus komissiya to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Nizom; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi Nizom; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5- apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan “Arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomlarni qayd etib o‘tish lozim.
O‘zbekistonRespublikasidaarxivishinitakomilashtirishborasidaolib borilgan ishlar. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida ko‘plab xususiy, nodavlat tashkilotlar, korxonalar va ularning arxiv fondlari vujudga keldi.
Nodavlat tashkilotlar idoraviy arxivi ularning mulki hisoblanadi. Shuning bilan birga 1999-yil 30-oktyabrda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risidagi Nizomda «Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini saqlash maqsadida tashkil etilgan arxivlarda yoki korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning tarkibiy bo‘linmalarida doimiy saqlashni ta’minlaydilar. Doimiy muddatda saqlanadigan hujjatlar va shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar (mehnat staji, ish haqi, o‘qish, mukofotlash va boshqalar to‘g‘risidagi hujjatlar) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi organlari va muassasalari roziligini olmasdan nodavlat va yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘q qilinishi mumkin emas», deb uqtirilgan. O‘zR MAF to‘g‘risidagi Nizomga binoan nodavlat yuridik, jismoniy shaxslar o‘z hujjatlarini davlat mulki qilib davlat arxivlari, muzeylar va kutubxonalarda saqlashga berishlari mumkin. Nodavlat tashkilotlar yoki shaxsiy arxiv egasi vafot etganda, vorislar va qonuniy merosxo‘rlar bo‘lmaganda, ularning hujjatlari davlat mulkiga o‘tkazilib, doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi. Davlat arxivlari hujjatlarni butlash, saqlash, foydalanish ishlariga metodik yordam beradi va hujjatlarga ilmiy-texnik ishlov berish, ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, yig‘majildlarni ta’mirlash va muqovalash yuzasidan pullik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan 2008-yil 21-avgustda qabul qilingan “Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlarini rekonstruktsiya qilish hamda ularni texnik modernizatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi samarasida qisqa muddatda salmoqli natijalarga erishildi. Xususan, uchta davlat arxivi o‘rtasida yagona axborot tarmog‘i yaratildi. Arxivlarda server va boshqa jihozlarning o‘rnatilishi barcha davlat arxivlarida saqlanayotgan ma’lumotlarning yirik yagona bankini yaratish imkonini berdi. Kelajakda mamlakatimizning barcha arxivlarini yagona tarmoqqa birlashtirish mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, foydalanuvchilarga kerakli axborotni izlashda qulaylik yaratish maqsadida markaziy va poytaxtdagi davlat arxivlarida infokiosklar
o‘rnatilgan bo‘lib, ularga eng qimmatli hujjatlarning kataloglari hamda mamlakatimiz arxiv ishini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari kiritilgan. Bugungi kunda infokiosklarga 11248 tashkilotning ma’lumot bazalari, Toshkent shahar arxivlarida saqlanayotgan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar hamda idoraviy arxivlarda saqlanayotgan 2545 tashkilotning hujjatlari hakida axborot jamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “2011-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish dasturiga” ko‘ra 18 ta yangi arxiv binosi qurilishi 1 ta arxiv binosi rekonstruksiya qilindi.
2009-2013-yillar mobaynida markazlashtirilgan manbalar hisobiga (byudjet mablag‘lari) 19 ta yangi arxiv binosi qurildi va 5 ta arxiv binosi rekonstruksiya qilindi. Natijada arxivlar balansda bo‘lgan binolar 2006-yildagi 21 foizdan 2013- yilda qariyb 95 foizga chiqishi ta’minlangan. Bu 2,7 mln saqlov birligidagi hujjatlarni saqlash imkoniyatlarini yaratgan.
Mamlakatimiz dasturchilari tomonidan arxiv muassasalari uchun maxsus “Arxiv ma’lumotlarini rasmiylashtirish” kompyuter dasturi ishlab chiqilgan. Ilgari qo‘lda amalga oshiriladigan hisob-kitoblarning barchasi endi avtomatik ravishda bajariladi. Bu esa nafaqat vaqtni tejash hujjatlarni to‘ldirishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan hatolarning oldini olish imkonini beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, arxiv muassalari ishiga ham kirib keldi. Arxiv va kutubxonalar faoliyatiga yangi aktlarning joriy etilishi hujjatli axborotdan, jumladan, masofadan turib foydalanish, arxivlar ma’lumotlarini tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu o‘z navbatida arxivshunoslikning yangi vositalarini taqdim etadi, hujjatlar va ma’lumotlarni eng zamonaviy elektron shakllarda chop etish imkonini beradi. Arxivlardagi axborot resurslarining jaxon kibermakoniga integratsiyalashuviga xizmat qiladi.
Arxiv ishini yanada rivojlantirish va unga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida mamlakatimizda tegishli
me’yoriy-huquqiy baza yaratilgan bo‘lib, u muntazam takomillashtirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yilning 21-martida qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori arxiv hujjatlarini saqlash, xavfsizligini ta’minlash, ulardan foydalanish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda 102 ta davlat arxivi faoliyat yuritmoqda. Milliy arxiv fondida saqlanayotgan hujjatlar hajmi esa 8,4 million saqlash birligiga etdi, ularni saqlash va qo‘llash uchun etarli shart-sharoitlar yaratilgan, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori o‘rinbosari D.Ko‘charova. Davlat arxivlari bilan bir qatorda shahar va tuman hokimliklari qoshida tashkil etilgan 115 shaxsiy tarkib bo‘yicha xo‘jalik xisobidagi idoralararo arxivlar, shuningdek, 3 millionga yaqin saqlash birligiga ega 17 nodavlat arxiv ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
“O‘zarxiv” agentligining Arxiv ishi bo‘yicha 2017- yil soha rivojining eng muhim ustuvor vazifalarini bajarilishiga katta ahamiyat berildi. Bu borada arxiv muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, Milliy arxiv fondining saqlovini ta’minlash va hujjatlarni saqlash usullarini yanada takomillashtirish yuzasidan samarali ishlar olib borildi.