Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxividagi shaxsiy fond hujjatlarining tavsifi



Yüklə 281,91 Kb.
səhifə37/65
tarix20.12.2022
ölçüsü281,91 Kb.
#121559
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65
2. Ozbekistonda arxiv ishi tarixi.OYBEK RASHIDOV

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxividagi shaxsiy fond hujjatlarining tavsifi. Shaxsiy fondlar tarkib topishi jixatidan shaxsiy arxiv fondi hisoblanib, ayrim shaxs, oila, shajara hayoti va faoliyati jarayonida shakllangan hujjatlardan tarkib topgan arxiv hujjatlari sanaladi. Shaxsiy fond hujjatlariga fond egasiga tegishli biografik ma’lumotlar, ilmiy tadqiqotlar, dissertatsiya ko‘chirmalari, shaxsiy yozishmalar, shaxsiy hayotiga va faoliyatiga doir turli rasmiy hujjatlar, xizmat yoxud ijtimoiy ishga tegishli hujjatlar, kundaliklar, har xil fotosuratlar, yozishmalar, hadya bitiklar, maktublar, magnit tasmalari, turli yillardagi davriy matbuot nashrlaridan olingan qirqimlar, ayrim tarixiy manbalar, kitob, jurnal va gazetalar, fond egasi to‘g‘risidagi turli shaxslarning chikishlari, fond

egasi tomonidan, topshirilishi kerak, deb hisoblangan turli qo‘lyozmalar va boshqa hujjatlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida 220 tadan ortiq tarixiy shaxslarning shaxsiy fondlari saqdanadi. Fondlar turli davr va sohalarda ijtimoiy faoliyat olib borgan shaxslarga tegishlidir. Ularning orasida davlat va jamoat arboblari, ijtimoiy va tabiy soxa olimlari, yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, ma’lum soxa buyicha xizmat ko‘rsatgan faollar (arxitektor, irrigator, muxandis, diniy arbob), madaniyat xodimlari, teatr va kino mutaxassislari, jurnalistlar, taniqli sportchilar, urush qaxramonlari va hokazolar bor.
Shaxsiy fond hujjatlari nafaqat ma’lum shaxslarning personal tarixi, balki, ijtimoiy tarix, ma’lum bir fan, soha tarixini o‘rganish buyicha daliliy materiallar berishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Eng muhimi shundaki, ayrim tarixchi olimlarning fondlaridagi hujjatlar faqatgina “shaxsiy” bo‘lmay, mamlakatimiz, umuman O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishga doir ko‘plab noyob hujjatlar uchraydi.
Shaxsiy fondda rus sharqshunos olimi va rassomi V.L.Vyatkin, tarix fanlari doktorlari, akademiklar M.E. Masson va G.A. Pugachenkova, YA.E. G‘ulomov,
K.E. Jitov, K.Sh. Shoniyozov, S.A. Azimjonova, fan doktorlari. O.D.Chexovich,
B.V. Lunin, L.I.Rempel, G.N. Chabrov, M.Yu.Yuldashev, X.Sh. Inoyatov, A.Ya.Sokolov, A.X.Boboxujaev, L.V. Gentshke, M.A. Axunova, T.G.Abaeva, P.A. Kovalev, tarix fanlari nomzodlari L.M.Landa, G.L.Dmitriev, M.I.Vekselman, M.E.Voronets, I.G.Polinov kabi olimlarning, bundan tashqari, tarixchi - kutubxonachi E.K.Betger, arxeolog G.V.Parfenov, etnograf V.I.Anuchin, tarixchi V.P.Savitskiy, arxitektor-sharqshunos B.N.Zasipkin, antrapolog L.V.Oshanin, sharqshunos I.D.Yagello kabi o‘lkashunoslarning shaxsiy arxiv hujjatlar jamlanmasi saqlanmoqda.
1943-yilda tashkil etilgan Tarix va arxeologiya instituti o‘z faoliyati mobaynida O‘rta Osiyo tarixiga doir tadqiqotlar va manbalarni nashr etish ishlarini, umuman sohaga oid barcha ishlarni ma’lum ilmiy yunalishda rejaga asosan amalga oshirib kelmoqda. Tarix va arxeologiya instituti tashkil bo‘lgan dastlabki chog‘larda olimlar asosan o‘z ilmiy ishlarini Rossiyaning etakchi shaharlarida boshlagan
bo‘lsalarda, keyinchalik O‘zbekistonda ham soha buyicha ilmiy kengash tuzila boshlandi. Shunga ko‘ra, mutaxassislarning ilmiy salohiyat oshib bordi. Buni O‘zR MDAda saqlanayotgan shaxsiy fondlar ham tasdiqlaydi.
O‘zbekistonda tarix ilmi rivojiga katta hissa qo‘shgan va ko‘plab shogirdlar etishtirgan olimlardan yana biri professor Boris Vladimirovich Lunin bo‘lib, u 1953- yildan umrining oxirigacha Tarix institutida faoliyat olib bordi. B.V. Lunin ilmiy kotib, katta ilmiy xodim, 1968-yildan Tarix instituta tarixshunoslik sektorini boshqargan. Uning rahbarligida o‘ndan ziyod nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoqlangan. Uning “O‘zbekistonda arxeologiya, tarix, etnografiya, falsafa va huquq fanlari buyicha bibliografik ko‘rsatkichlar”i tadqiqotchilar uchun muhim ilmiy amaliy qimmatga ega.
B.V.Luninga tegishli barcha shaxsiy arxiv hujjatlari uning qizi S.V. Lunina tomonidan 2002-yilda O‘zbekistan Respublikasi Markaziy davlat arxiviga topshirilgan. O‘sha yiliyoq 1876-2002-yillarga tegishli mazkur shaxsiy hujjatlar ilmiy-texnik ishlovdan o‘tkazilib, jami 425 yigmajildning (fond R-2868) opisi tuzilgan. B.V.Lunin shaxsiy fondi hujjatlari “B.V.Luninning ilmiy ishlari”, “Ilmiy xizmat materiallari”, “Biografik materiallar”, “Xatlar”, “B.V.Lunin haqidagi maqolalar”, “Xadya bitiklar”, “Boshka shaxsga tegishli materiallar” dan iborat.
O‘zR MDAda 2888-fond raqami ostida saqlanayotgan hujjatlar akademiklar Karim Shoniyozovich Shoniyozov (1924-2000) va uning rafiqasi Saboxat Azimjonovna Azimjonova (1922-2001) larning birlashgan fondi bo‘lib, hujjatlar ikki yirik olimning hayoti va ilmiy faoliyatining juda ko‘p qirralarini aks ettiradi.
1957-yilda K. Shoniyozov O‘zR FA Tarix instituta aspiranturasiga o‘qishga qabul qilindi. 1960-yilda Moskva shahrida «Историко этнографической очерк карлуков юэчжых и западных раёнов Узбекистана» nomli nomzodlik, 1977- yilda esa «К этнической истории узбекского народа» nomli doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi. 1960-yildan boshlab Tarix institutining turli lavozimlarida ilmiy faoliyat olib bordi. 1990-yildan umrining oxirigacha mazkur dargoxda etnik jarayon va o‘zbek xalqining etnik tarixi muammolarini o‘rganuvchi ilmiy tadqiqot guruxiga rahbarlik qildi.
K.Shoniyozov shaxsiy fondidan biografik ma’lumotlar, xotiranomalar (qo‘lyozma), olimning ilmiy ishlari ro‘yxati, rejalari, monografiyalari, maqolalar, ma’ruzalar, taqrizlar, olim ilmiy rahbarlik qilgan tadqiqotchilarning ro‘yxati va ularning dissertatsiyalari, kundalik daftarlar (qo‘lyozma), olimning ilmiy ishlari uchun to‘plangan materiallari, hayotiga doir shaxsiy hujjatlari, yozishmalar, ijtimoiy faoliyatiga doir hujjatlar, faxriy yorliqlar, olim haqida boshqa shaxslarning ishlari muhim o‘rin olgan. K.Shoniyozovning “O‘zbeklar”, “Qarluq davlati va qarluqlar”, “O‘zbek xalkining shakllanish jarayoni”, “Toshkent shahri tarixidan lavha”, “O‘zbek xalqining etnogeneziga oid ba’zi nazariy masalalar”, “Qang‘ davlati va qang‘lilar”, “IX-X asrlarda Markaziy Osiyo mintaqalarida etnik va madaniy jarayon”, “O‘zbek xalqining san’at tarixidan bir lavha”, “Mahalliy turklar kimlar: turkmi yoki turkiy?” kabi ilmiy ishlariga doir hujjatlar saqlanadi. Shuningdek, O’zbekiston FA akademigi, arxeolog olim Yahyo G’ulomov (1908-1977)ning ishlari O‘zR MDA 2883-fondida, Baris Vladimirovich Lunin (1906-2001)ning ilmiy ishlari 2868-fondda, etnograf olim Nil Sergeyevich Likoshin (1860-1923)ga tegishli arxiv hujjatlar 2499-fondda, shaqshunos va lignvist olim Vladimir Petrovich Nalivkin (1852-1918)ning hujjatlari 2409-fondda, tarixchi olima Axunova Melixon Axunovna (1928-1987)ning ishlari 2800-fondda, arxeolog olim Mixail Evgenevich Masson (1897-1986) ning ilmiy ishlari 2773-fondda, O’zbekiston SSR xalq rassomi Lutfulla Abdullaevning asarlari 2707-fondda, O’zbekiston SSR FA Prezidenti Abdullaev Habib Muxamedovich (1912-1962) ning hujjatlari 2575-fondda, Stalin ta’qiblarining begunoh qurboni bo’lgan yozuvchi Mahmud Botu (Mahmud Maqsudovich Xodiev (1904-1940)ga tegishli arxiv hujjatlari 2556-fondda, SSSR xalq artisti, kinoaktyor Raxim Pirmuxammedov (1897-1972) ning hujjatlari 2639- fondda saqlanadi.
Xulosa qilib aytganda, tarix fanining qaysi yo‘nalishi o‘rganilishidan qat’iy nazar o‘rganilayotgan muammoni tadqiq etgan shaxslar faoliyati, ularning olib borgan tadqiqotlari natijalari, shu bilan birga, shaxsiy hujjatlari bilan ham tanishish kerak bo‘ladi. Muammoning o‘rganilish darajasi va tarixshunosligini yoritish ma’lum bir shaxslar faoliyati bilan bog‘liqdir. Bu esa o‘z o‘rnida arxiv hujjatlariga,
xususan shaxsiy fondlardagi faktik materiallarga bo‘lgan talabni yanada oshiradi. O‘zR MDAda saqlanayotgan 200 dan ortiq shaxsiy fond hujjatlari tarixiy tadqiqot olib borishda muhim ahamiyatga ega. Bu kabi shaxsiy arxiv materiallari tarixda iz qoldirgan mashxur-shaxslarning ijodi, faoliyatini, qolaversa, davr va jamiyat tarixini tadqiq etishdagi “bo‘shliq”ni to‘ldirishda daliliy manba, tarixiy hujjat vazifasini o‘taydi.

Yüklə 281,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin