Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Fanning ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 281,91 Kb.
səhifə4/65
tarix20.12.2022
ölçüsü281,91 Kb.
#121559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
2. Ozbekistonda arxiv ishi tarixi.OYBEK RASHIDOV

Fanning ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari. O‘zbekiston hududida istiqomad qilayotgan xalqlarning tarixi qadim o‘tmishga borib taqaladi. Yashab turgan hududimiz umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini aniqlashda arxeologik qazishmalardan topilgan eksponatlar bilan bir qatorda arxiv hujjatlarining o‘rni ham beqiyosdir.

Fanning dolzarbligi shundan iboratki, talaba yoshlarning O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi fani bo‘yicha bilim va dunyoqarashni boyitish, ularda noyob hujjatlarga nisbatan qiziqishni uyg‘otish, fanning tarixiy va nazariy xususiyatlarini jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi.
Fanning ahamiyati. O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi fani yoshlarga xalqimizning o‘tmishini aks ettiruvchi qadimgi va bugungi arxivlar tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi. Ushbu fan yoshlarni moddiy va ma’naviy merosni asrab-avaylaydigan vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro yetib tarbiyalashga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti ta’kidlab o‘tganidek “Ma’naviyatni tiklash, tug‘ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira kerak. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi ( Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T.: “Sharq”, 1998. – B. 8-9).
O‘zbekistonning arxiv ishi tarixifani orqali arxivlarning davlat va jamiyat ravnaqidagi qadrini talabalarga tushuntirish, ularni arxiv hujjatlarini chuqur tushunishi, tahlil va tadqiq etish malakasini hosil etish va jamoatchilikni arxiv ishi tarixi, mavzu va g‘oyaning mohiyati bilan tanishtirishga ko‘maklashishdan iborat. Shuningdek, jamiyatning ma’naviy manzarasini arxiv hujjatlaridagi manbalar bo‘yicha boyitish, bozor iqtisodiyoti sharoitida tarixiy xotiramizni aks ettiruvchi arxivlarni mablag‘ va qiymat keltiruvchi hodisaga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun amaliy ko‘rsatmalar beradi.

Yüklə 281,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin