Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Andijon viloyati davlat arxivi



Yüklə 281,91 Kb.
səhifə47/65
tarix20.12.2022
ölçüsü281,91 Kb.
#121559
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65
2. Ozbekistonda arxiv ishi tarixi.OYBEK RASHIDOV

Andijon viloyati davlat arxivi. SSSR Xalq Komissarlar Sovetining 1941-yil 29-martdagi 723-sonli qarori va O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlar Sovetining 1943-yil 18-fevral 145-sonli qaroriga asosan Andijon viloyati davlat arxivi tashkil topdi. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining tashkiliy qo‘mitasi 1941-yil 24- apreldagi qaroriga asosan NKVD arxiv boshqarmasi va Andijon shahar davlat arxivi tasarrufida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi arxivining shtatlar jadvali tasdiqlandi. Andijon viloyat ijroiya qo‘mitasining 1956-yil 14-martdagi 79/4 sonli qaroriga asosan viloyat ichki ishlar boshqarmasi tasarrufidan shu viloyat ijroiya qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi. Andijon viloyat ijroiya qo‘mitasining 1965-yil 19- apreldagi 211- sonli qaroriga asosan tumanlardagi davlat arxivlari viloyat davlat arxivi filiallari deb nomlandi. Mustaqillik yillarida Andijon viloyatida arxiv ishlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan viloyat davlat arxivi va tumanlardagi Asaka, Izboskan, Marxamat, Oltinko‘l, Shaxrixon va Qo‘rg‘ontepa arxivlari hisoblanadi. Viloyat davlat arxivida 2013-yil 1-yanvar holatida 478 ta
hujjatlar fondi mavjud bo‘lib, ularda 157371 ta tarixiy va ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan yig‘majild hujjatlar saqlanmoqda. Hozirda viloyat davlat arxivi Andijon shahri, Bobur shohko‘chasi, 41-uyda faoliyat yuritmoqda.
Buxoro viloyati davlat arxivi. Buxoroda arxiv ishining tashkil etilishi 1925- yili Zarafshon viloyati arxiv byurosining vujutga kelishi bilan bog‘liq. Bu arxiv muassasasi 1927-yilda Buxoro okrugi arxiv byurosi deb qayta nomlandi. 1931- yildan Zarafshon viloyati va Buxoro okrugi arxiv jamg‘armalari Samarqand bo‘limida to‘plangan edi. 1932-yildan bu jamg‘armalar Buxoro bo‘limiga topshirilgan. Bu bo‘lim 1938-yili Buxoro viloyati tashkil topgach Buxoro viloyati boshqaruviga o‘tkazildi. Shunday qilib, Buxoro viloyati arxiv bo‘limi 1940-yildan Buxoro viloyati davlat arxivi deb qayta nomlandi.
Arxivda Buxoro viloyati shuningdek, Zarafshon viloyatiga oid hujjatlar, Buxoro Xalq Sovet Respublikasining 1920-1924-yillar tarixiga doir hujjatlar jamlangan. Shuningdek, arxivda 1918-yildagi shahar dumasining faoliyati, zavodlarning milliylashtirilishiga oid, Navoyi, Buxoro harbiy garnizoniga oid, Kerkidagi qo‘zg‘olonlar (1919-yil) haqidagi materiallar to‘plangan. Buxoro tumani ijroiya qo‘mitasi jamg‘armasida – Zarafshon viloyati dastlabki MTSning tuzilishiga oid, uy, sanoat qurilishiga hamda madaniy-ma’rifiy sohaga doir hujjatlar mavjud.
Arxivning suratli hujjatlarida 1917-yilgi voqe’alarning O‘zbekiston xalqiga o‘tkazgan zulmiga, gaz quvirini qurilishiga oid (1965), Amu Buxoro kanali (1965) tarixiga oid, Navoyi GES qurilishiga oid lavhalar tasvirlangan. Shuningdek, Buxorodagi Minorai Kalon (Arslonxon minorasi), Mir Arab madrasasi, Chorminor, Ismoil Somoniy maqbarasi, Buxoro amirining yozgi va qishgi saroylari hisoblangan Sitorai Mohi Xosa va Buxoro Arki xususida atroflicha ifodalar berilgan. Hozirda viloyat davlat arxivi Buxoro shahri, Ibn-Sino ko‘chasi, 8-1-uyda faoliyat yuritmoqda.

Yüklə 281,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin